“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida ⚡️O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi tomonidan 2024-yil 28-avgust kuni 2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturini bajarish hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat Мustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayrami munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida sportning voleybol turi bo‘yicha ayol va erkaklar o‘qituvchi xodimlar o‘rtasida To‘rtko‘l tuman birinchiligi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
🌐 TO`RTKO`L_PRESS🇺🇿 (Rasmiy kanal)
“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida …
Sport musobaqalarda hududlardan kelgan 12 ta ayollar jamoalaridan 108 nafardan ortiq ayollar, erkaklar jamoalaridan ham 12 jamoalarda 108 nafardan ortiq erkaklar, hammasi bo‘lib musobaqada 216 nafardan ortiq pedpgog va ishchi xodimlar qatnashdilar.
Ayol pedagog va ishchi xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada faxrli 1-o‘rinni 29-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 2-o‘rinni 27-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 3-o‘rinni 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari jamoalari egalladilar.
Erkak pedagog va ishchi xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada faxrli 1-o‘rinni 30-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 2-o‘rinni 29-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 3-o‘rinni 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoalari egalladilar.
Musobaqa ishtirokchilari va g‘oliblariga O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
#jarayon
#3_sektor
To‘rtko‘l tumani IIB boshlig‘i 3-sektor rahbari o‘ziga biriktirilgan “Yangiobod” mahallasida aholiga qulayliklar yaratish va mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganish hamda amaliy yordamlar ko‘rsatish bo‘yicha hududda bo‘ldi.
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
#Mustaqillik_33_yil

Bayramga munosib tuhfa


Bugun Respublikamizda yurtimizning obod maskanga aylanishi uchun davlarimiz rahbari tashabbusi bilan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi aholining yashash sharoitini,hudud infratuzilmasini yaxshilash maqsadida har bir mahallaga 500 mln. so‘mdan pul ajratildi.
To‘rtko‘l tumanidagi “Turkmanko‘li” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi ham shular jumlasidan.
Bugun Mustaqillik bayrami arafasida 5 mingdan ortiq aholisi bo‘lgan mahallaning ma’muriy binosi ochilishi tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi R.Shamuratov, sektor rahbari tuman prokurori N.Djolamanov hamda mahalla faollari, nuroniylari ishtirok qildilar.
Bayram arafasidagi yaxshi tilaklardan keyin lentalar kesilib, ramziy ochilish tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirok qilgan mas’ullar, mahalaning yoshu qarisi qisqa muddatda qad rostlagan ushbu binoning ochilishi munosabati bilan o‘z xursandchiligini minnatdorchilik ila izhor qilib bildirdilar. Nuroniylar yaxshi niyatlarini tilagan holda duoga qo‘l ochdilar. Tadbir sho‘x musiqa sadolari ostida raqsga ulanib ketdi.
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG