#Bugun
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2024-yil 22-yanvar kunidagi “Respublika aholisini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2023-yilda bajarilgan ishlar va 2024-yildagi asosiy vazifalar to‘g‘risida”gi 1-sonli va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2024-yil 9-iyul kunidagi 14-sonli buyruqlari talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, To‘rtko‘l tumanida “Yig‘in” signali bo‘yicha “To‘rtko‘l tumani boshqaruv organlari va FVDT hududiy quyi tizimi tuzilmalarining tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi boshlandi.
Bugun tuman hokimligida ushbu mavzuda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tuman hokimi R.Shamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining Huquqni muhofaza qiluvchi organlari faoliyati ustidan nazorat qilivchi vakili G‘.Utemuratov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i X.Qurbanov hamda mavzuga aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan mas’ullar Favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimi xizmatlari kuch va vositalarining favqulodda vaziyatlarda funksional vazifalarini hududlarda amalga oshiriladigan ishlari borasida so‘z yuritdilar. Shundan keyin qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari boshlandi.
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
⚡️Qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi tushuntirildi

To‘rtko‘l tuman hududida xizmat olib borayotgan avtomashinalarga turli xizmatlar ko‘rsatish ustaxonalari egalari va ustalar bilan tuman IIBda yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda asosiy mavzu sifatida hozirgi kunda transport vositalariga qonunchiligimizda ta’qiqlangan tusi o‘zgartirilgan yoritish chiroqlarini va maxsus transport vositalariga ruxsat etilgan mayoqcha, tashvish signallarini fuqarolarni transport vositalariga o‘rnatib bermasliklari yuzasidan ogohlantirishlar berilib, shunday holatlar aniqlangan taqdirda ruxsatsiz o‘rnatgan ustalarga qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi tushuntirildi.
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
Тўрткўл тумани ИИБ бошлиғи подполковник Р.Турганбаев томонидан ички ишлар бўлимида хизмат олиб бораётган катта офицерлар таркибидаги ходимларга куёш панелини шахсий уйларига қуриш юзасидан тушунтириш ва тавсия қилиш ишлари олиб борилди. 🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#махсус_видеоролик

Тўрткўл туманидаги арзонлаштирилган озиқ-овқат ва қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари ярмаркасида бош мақсад аҳолига сифатли хизмат кўрсатишдир.

🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG