O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tadbirkorlarning murojaat va takliflarini jamlash va tahlil qilish bo‘yicha O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi To'rtko'l tuman bo'limi xodimlari tomonidan tumandagi tadbirkorlar bilan har kuni manzilli  uchrashuvlar o’tkazilib, ularning muammo va takliflari o'rganilmoqda. 🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
🇷🇺 Россияда ишлаш истагида бўлган фуқаролар диққатига!

“Нагайбакский птицеводческий комплекс” корхонаси томонидан Ўзбекистон фуқаролари учун бўш иш ўринларини таклиф қилади.

Танловлар вақти:

🔹 2024 йил 14 август соат 11:30да

Бўш иш ўринлари:

🔹 Ёрдамчи ишчи (Подсобный рабочий)
🔹 Парранда гўштини қайта ишлаш (Обработчик птицы)

Ойлик маош

🔹 80 000-100 000 рубль, (иш хажмига қараб кутарилиши мумкин).

Номзодларга қўйиладиган талаблар:

🔹 эркаклар ва аёллар
🔹 18-50 ёш
🔹 четдавлатга чиқиш паспортига эга (загран)

Иш берувчи томонидан яратиб берилади:

🔹 авиа чипта;
🔹 бепул турар-жой;
🔹 овқатланиш;

🏢 Манзил: Тўрткўл кўчаси 89-уй, Камбағалликни қисқартириш ва бандликка кўмаклашиш бўлимининг 1-қавати

☎️ (97) 241-76-79, (55) 102-53-34

Эслатма: Тўрткўл тумани Камбағалликни қисқартириш ва бандликка кўмаклашиш бўлимидан онлайн тарзда қатнишиш мумкин.

👉Каналимизга аъзо бўлинг: t.iss.one/Turtkul_Bandlik_bulim
#Bugun
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2024-yil 22-yanvar kunidagi “Respublika aholisini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2023-yilda bajarilgan ishlar va 2024-yildagi asosiy vazifalar to‘g‘risida”gi 1-sonli va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2024-yil 9-iyul kunidagi 14-sonli buyruqlari talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, To‘rtko‘l tumanida “Yig‘in” signali bo‘yicha “To‘rtko‘l tumani boshqaruv organlari va FVDT hududiy quyi tizimi tuzilmalarining tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi boshlandi.
Bugun tuman hokimligida ushbu mavzuda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tuman hokimi R.Shamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining Huquqni muhofaza qiluvchi organlari faoliyati ustidan nazorat qilivchi vakili G‘.Utemuratov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i X.Qurbanov hamda mavzuga aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan mas’ullar Favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimi xizmatlari kuch va vositalarining favqulodda vaziyatlarda funksional vazifalarini hududlarda amalga oshiriladigan ishlari borasida so‘z yuritdilar. Shundan keyin qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari boshlandi.
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG