🔥“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Yengil atletika musobaqasining Respublika bosqichi start oldi

Bugun sport oʻyinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan "Barkamol avlod" sport majmuasida mahalla yoshlari o‘rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning yengil atletika "B" ligasi musobaqasining Respublika bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Musobaqa natijalariga ko'ra Qoraqalpog'iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani "Yonbashqal'a" OFY da 27-30 yosh toifasidagi qizlar jamoasi faxrli 3-o'rinni egallashdi va "Oqboshli" OFY dan 16-21 yosh toifasidagi qizlar jamoasi ham 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Online
📌Ma'naviyat festivali

To‘rtko‘l tumani "Nurota" mahalla fuqarolar yiǵini hududida ma'naviyat festivali davom etmoqda. Jonli ijrrodan bahramand bóling.
Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi:
Hech bir murojaat e’tiborsiz qolmaydi!

So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholi, shu jumladan, yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va kasb-hunarga ega bo‘lmagan, probatsiyada ro‘yxatga olingan, huquqiy va ma’naviy-psixologik qo‘llab-quvvatlashga zarurati bo‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan manzilli ko‘maklashish bo‘yicha mutlaqo yangicha tizim joriy qilinib, bu sohaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugun tuman hokimiyati binosida mahallalarda istiqomat qiluvchi bir guruh yoshlar ishtirokida “Sektor rahbarlari va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Tuman hokimi R.Shamuratov, tuman prokuori N.Djolamanov, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i M.Sherimbetov, Soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Abdalovlar yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot qildilar.
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️
📌 To‘rtko‘l tumani “Nurota” mahalla fuqarolar yig‘ini

Ma’naviyat festivali ishtirokchilari kunning ikkinchi yarmida To‘rtko‘l tumani“Nurota” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, turli millat vakillarining chiqishlari, milliy lioslar ko‘rgazmasi hamda madaniyat saroyida tashkil qilingan muzey bilan tanishdilar.
Ushbu hududda asosan turkman millati vakillari istiqomat qiladi. Ammo, bugun mahallada o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq, vakillari tinch-totuv, quda-anda bo‘lib yashamoqdalar. Mehmonlar hududdagi aholining milliy an’analari, urf-odatlari bilan tanishdilar.
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️