"Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbiri davom etmoqda
Ma’lumki ayni kunlarda respublikamizda "Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbiri davom etmoqda.
To‘rtko‘l tumani FVB xodimlari tomonidan ham ushbu tadbir haqidagi materiallar jamoat transportlariga joylashtirilib, keng targ‘ib qilinmoqda.
Shuningdek, aholi gavjum bo‘ladigan ob’ektlar "Sulton Market", “To‘rtko‘l savdo kompleksi" va "To‘rtko‘l el rizqi" mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida o‘rganish ishlari hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi.
Shu bilan birgalikda 2- va 16- maktabgacha ta’lim tashkilotlarida targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshirilib "Dolzarb 30 kun" materiallari joylashtirildi. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
🌐WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️

Davlatimiz gerbi - faxrimiz va g‘ururimiz
To‘rtko‘l tumani hokimligi kichik faollar zalida 2-iyul O'zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan huquqiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir tuman hokimligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV mas’ul hodimlari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi tumandagi mahallalarning yoshlar yetakchilari, OAV hodimlari hamkorligida tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining yaratilish tarixi, uning ramziy ma’no va mohiyati haqida sharhli tushunchalar berildi.
Tadbir yakunida tumandagi mahallalarda “Gerbim-faxrim mening” nomli chellendj o'tkazildi. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati

Davlatimiz ramziy belgisi - Gerbimiz g‘ururimizdir!
Gerb har bir davlatning ramzi, xalqning timsolidir. Bugun O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi, rasmiy davlat ramzining qabul qilingan kuni! “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan.
Davlat gerbi dumaloq ko‘rinishga ega bo‘lib, shaklning so‘l tomoni rizq-ro‘zimiz timsoli — bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa o‘zbekning dong‘ini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz — chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan. Uzoqdagi tog‘lar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi.
Gerbning yuqori qismida esa O‘zbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz ma’nosi mamlakat aholisining ko‘p qismi islom diniga etiqod qilishi, markazida — baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.
Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar tasmasiga „O‘zbekiston“ deb yozib qo‘yilgan.
G‘ururim va iftihorimsan, mustaqillik ramzi bo‘lgan - maftunkor gerbim. Aziz vatandoshlar! Davlatimiz ramzi bo‘lgan gerbimiz qabul qilinganligining 32 yillik shodiyonasi barchamizga qutlug‘ bo‘lsin!
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi jamoasi

TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
To‘rtko‘l tumani "Yonboshqal'a" OFY binosida mahalla, ko‘cha bekalari ishtirokida "Kiyinish madaniyati", "Ogohlik - davr talabi" mavzusida targ‘ibot tadbirlari olib borildi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, tuman targ‘ibot guruhi rahbari Z.Abdullayeva, tuman bosh otinoyisi O.Xo‘janiyazovalar qatnashdilar. Unda "Ogohlik - davr talabi", "Internetdan to‘g‘ri foydalanish", Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning yurt tinchligi va farovonligi, yoshlar siyosatida olib borilayotgan ishlarva ularga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, "Bid’at, xurofat" mavzusida ma’ruza qilindi. Shu bilan birgalikda qatnashchilar uchun "Farzand tarbiyasi", "Kelin bo‘lib aldanganlar" mavzularida videorolik namoyish etildi. Bu roliklar orqali yoshlarni yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati