#xushxabar
To‘rtko‘l tumani pillakorlari pilla yetishtirish rejasini bajardi
Joriy qishloq xo‘jaligi yilida tuman pillakorlari tomonidan 96 ta fermer, 1610 nafar kasanachi tomonidan 3 ming 400 quti ipak qurti parvarishlanib, 219 tonna «kumush tola» xirmonini yaratish rejalashtirilgan edi.
Bugun tuman pillakorlari pilla rejasini 219 tonnaga, ya'ni 100,0 foizga bajardi.
To‘rtko‘llik pillakorlarni, pilla xirmoniga o‘z ulushini qo‘shgan barcha faollarni, tuman mutasaddilarini erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!
🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
🌐WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG

G‘ALLA O‘RIM –YIG‘IMIGA BAG‘ISHLANGAN KO‘RGAZMALI SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
Bugun "Tozabog‘yop" OFY hududida joylashgan "Qo‘shnazar paxtakor" fermer xo‘jaligida 2024-yil hosili uchun yetishtirilgan g‘alla hosilini nes-nobud qilmasdan uyushqoqlik bilan yig‘ib-terib olish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda, tuman hokimi R.Shamuratov, O‘zagroinspeksiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshlig‘i А.Yusupov, sektor rahbarlari, otryadlar boshliqlari, qishloq xo‘jaligi tizimidagi tashkilotlar rahbari, fermer xo‘jaligi rahbarlari va mutaxassislari ishtirok qildilar. Ko‘rgazmali seminarda ishtirok etgan mas’ullar dehqonlarning samarali mehnatlari natijasida tumanda mo‘l g‘alla hosili yetishtirilgani, oldinda muhim va mas’uliyatli jarayon – g‘alla hosilini uyushqoqlik bilan, belgilangan muddat ichida yig‘ib-terib olish vazifasi turganini bildirdilar.

Seminarda tuman hokimining o‘rinbosari J.Xudaybergenov g‘alla yetishtirish jarayonida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Jumladan, g‘alla maydonlariga takroriy ekin ekish yuzasidan so‘z yuritdi.
Ma’lumot uchun, joriy 2024 yil hosili uchun tumanimiz dehqonlari jami 4520 gektar maydonda g‘alla yetishtirdilar. Agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi natijasida bugun 232 ta fermer xo‘jaliklari bug‘doy maydonlarida har yilgidan ham mo‘l hosil yaratilgan bo‘lib, joriy yilda o‘rtacha 30 sentnerdan jami 13560 tonna hosil olish ko‘zlangan.
Ko‘rgazmali seminarda oziq-ovqat mahsulotlari va urug‘lari hamda qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirishda muhim rol o‘ynovchi biostimulyatorlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.