#UCHRASHUV
“KIM BO‘LSAM EKAN?”
Ertaga 25 may. Maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroqlar chalinib, 11-sinf o‘quvchilari Hayot, deb atalmish katta yo‘lga ilk qadamini bosadilar.
Xo‘sh yoshlar qaysi kasb egasi bo‘lishni tanlashdi? Yoki qaysi oliygohlarda o‘qishni davom ettirmoqchi?
Bugun To‘rtko‘l tumani “O‘zbekiston”ovul fuqarolar yig‘inidagi shinam binoda bo‘lib o‘tgan uchrashuv aynan shu masalaga qaratildi. Unda hududdagi umumta’lim maktablari birituvchilari, ota-onalari va ustozlari ishtirok qildilar.
Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi rahbari B.Yangibaev, “Dinur Pro” o‘quv markazi rahbari D.Qo‘chqarov, Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti To‘rtko‘l fakulteti, Toshkent Gumanitar fanlar universiteti hamda til markazi mas’ullari yoshlarning qiziqishiga ko‘ra tumanda faoliyat yuritayotgan oliygohlar, o‘quv markazlari va kasb-hunarga o‘qituvchi “Dinur Pro” markazining imkoniyatlari va afzalliklari to‘g‘risida keng turda tushuncha berdilar.
Uchrashuvdan oldin “Dinur Pro” markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada aksariyat yoshlar o‘zlarini yuqori haq to‘lanadigan ishlarda ishlash istagi borligini bildirishganini e’tiborga olgan holda yoshlarga qanday harakatlar natijasida professional darajadagi munaxassis bo‘lib yetishish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shu bilan birgalikda oliygohlar nomidan so‘zga chiqqan mas’ullar yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda bugungi kunda tumanda faoliyat yuritayotgan oliygohlarning imkoniyatlari va yoshlarga berilayotgan imtiyozlar haqida so‘zladilar.
Uchrashuv davomida ustozlar, ota-onalar va yoshlar tomonidan mavzu yuzasidan savollar berilib, mutaxassislar javoblar berdilar.
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Oila ma’naviyati" mavzusida To‘rtko‘l tumani “Navoiy” va "G'alaba" MFY aholisi bilan birgalikda mahallalarda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni rivojlantirish hamda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash maqsadida “Mahalla – tinchlik va osoyishtalik poydevori, ahillik va hamjihatlik, maʼrifat va tarbiya qoʻrgʻonidir” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi rahbari J.Settiev ishtirok etib mahallalarda oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish, oilada er-xotin, ota-ona, farzandlar, qaynona-kelin, qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash bo‘yicha "Oila ma’naviyati" mavzusida sharhli tushunchalar berib o‘tdi. 🟢
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG
“Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida

2024-yil 22-may kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi, tuman IIB, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi va Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda “Otayurt” OFY hududidagi 51-son umumta’lim maktabida aholi, ayniqsa, yoshlar orasida diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmning zararli oqibatlari to‘g‘risida profilaktika ishlarini olib borish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, muqaddas Islom dinining insonparvarlik gʻoyalarini targʻib etish maqsadida aholi vakillari orasida “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda “Ogohlik davr talabi”, “Tazyiq va zo‘ravonliksiz-sog‘lom jamiyat sari”, “Farzandingiz kelajagiga befarq bo‘lmang”, «Korrupsiya-halokatga yo‘l» mavzularida ma’naviy-huquqiy tavfsiyalar berib o‘tildi. 🟢
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG