“Ёш гвардиячи” ҳарбий-спорт мусобақасининг республика босқичи ғолиблари аниқланди
Миллий гвардия Тошкент Темурбеклар мактабида умумтаълим мактаблари ўқувчилари ўртасида бўлиб ўтган "Ёш гвардиячилар" ҳарбий-спорт мусобақасининг республика босқичи ўз якунига етди.
Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги, Ёшлар ишлари агентлиги, Ўзбекистон Ёшлар иттифоқи ҳамкорлигида ташкил этилган мазкур баҳсларда республикадаги умумтаълим мактабларининг 9-11 синф ўқувчилари орасидан жисмонан соғлом, интеллектуал ва интизом борасида энг фаол ўқувчилар орасидан шакллантирилган жамоалар иштирок этди.
Мусобақа қоидаларига кўра ўқувчи ёшлар билимдонлар беллашуви, саф тайёргарлиги, кўргазмали қўл жанги чиқиши, заҳарланган ҳудуддан ўтиш, ўқ дориларни белгиланган жойга етказиш ва ўқдонга жойлаш, камондан отиш, сувли тўсиқдан ўтиш, биринчи тиббий ёрдам кўрсатиш каби шартлар бўйича ўзаро беллашди.
Тадбирда Миллий гвардия қўмондони ўринбосари полковник М.Ганиев, Мактабгача ва мактаб таълими вазири ўринбосари Ф.Боқиев, Ёшлар иттифоқи Марказий кенгаши раиси Сатторов Хайрулло Файзуллаевич ва бошқа бир қатор мутасадди раҳбарлар, шунингдек, “ Ёш гвардиячи” мусобақаси республика босқичининг 150 нафар иштирокчилари қатнашди.
Дастлаб ҳарбий-академик лицей саф майдонида ҳарбий-спорт мусобақасининг 7 та номинациясини қўлга киритган ҳамда 4 та фаол иштирок этган жамоа сардорлари тақдирланди.
Шунингдек,беллашувлар натижаларига кўра 3-ўринни қўлга киритган Қорақалпоғистон Республикаси Тўрткўл тумани 18-мактаб жамоаси, 2-ўринга сазовор бўлган Наманган вилояти Чуст тумани 10-мактаб ўқувчилари, фахрли 1-ўринга лойиқ топилган Навоий вилояти Навоий шаҳри 1-мактабнинг ўқувчи-ёшларига мусобақа дипломи, медали, кубоги ҳамда қимматбаҳо совғалар тантанали топширилди.
Тадбир сўнгида Ҳарбий оркестр жамоаси ҳамда Миллий гвардия ҳарбий мусиқали академик лицей ўқувчилари томонидан тайёрланган мусиқий чиқишлар барчага кўтаринки кайфият бағишлади.
Каналга уланиш: @Kar24Uz

#Bugun
#qishloq_xo‘jaligi
Joriy qishloq xo‘jaligi yilida yer maydonlariga ekilgan chigit bo‘y ko‘rsatib qolgan bo‘lib, ayni kunlarda nihol uchun navbatdagi zaruriy agrotexnik jarayonlar olib borilmoqda.
Jumladan, chigit ekilgan maydonlarda 148 ta kultivatorlar tomonidan kultivatsiya ishlari bajarilgan bo‘lsa, 7500 gektar maydon mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirildi. Shu bilan birgalikda bu yil birinchi marotaba 830 gektar maydonga Xitoy g‘o‘za navini ekish ishlari ham davom etmoqda.
Bugun “Otayurt”ovul fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tgan amaliy seminarda tuman hokimi o‘rinbosari J.Xudaybergenov, tuman prokurori yordamchisi D.Boltaevlar hududdagi fermer xo‘jaligi rahbarlariga g‘o‘za parvarishi bo‘yicha zarur ko‘rsatma va topshiriqlarni berdilar.🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
🌐WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG

“Oila -mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmi
O‘zbekison Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.Mahkamova tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda “Bog‘yop” MFYdagi 16-son umumtalim maktabida voyaga yetmaganlar, xususan qizlar bilan ishlashda “Oila -mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmi samaradorligini oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda ota-onalar va mahalla faollari ishtirok etib, mahallalar tomonidan tarbiyasi og‘ir voyaga yetmagan yoshlarning davomati, aniqlangan muammolarning hal etilishi, ularga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatilishi, farzand ta’lim-tarbiyasida ota-ona mas’uliyati bo‘yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, yoshlarni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash to‘g‘risida kerakli tavfsilar berildi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Sayxunobod tajribasi” aholi farovonligini yaxshilash xizmatida
14 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida yig'ilish o'tkazib, tomorqa va uy xo'jaliklarini rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishda nafaqat Sayxunobod, balki butun mamlakatimiz uchun tub burilish yasashi to‘g‘risida gapirgan edi.
Sayxunobod tajribasini joriy etish bo'yicha To‘rtko‘l tumani "Yaxtilik" mahallasi tomonidan ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Mahallada yashovchi Mansurbek Ibragimov shunday tadbirkorlardan biridir. U o‘zining 40 sotix tomorqa yerida bir qancha meva va sabzavot ekinlarini ekib, yaxshi daromad olib kelmoqda. Xonadonda chorva mollari, parrandachilik va issiqxona mahsulotlarini rivojlanishiga yaxshi hissa qo‘shuvchi biogumus yetishtirish ham yo‘lga qo‘yilgan. O‘z ishining ko‘zini biladigan tadbirkor dehqonchilik, bog‘dorchilik faoliyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Batafsil videoda