#bugun

Tuman hokimligida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tuman hokimi R.Shamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri E.Tursunov rahbarligidagi mutasaddi tashkilotlarning mas’ul xodimlari mahalla yettiligiga mavzu bo‘yicha keng tushunchalar berildi.
Seminar mavzusi maxsus slayd orqali namoyish etilib, aholi o‘rtasida qarorni keng targ‘ib qilish bo‘yicha savollarga ham javoblar berildi.
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                         
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
"KITOBGA MUHABBAT-HAYOTGA MUHABBAT"
Kunning ikkinchi yarmida tuman Axborot kutubxona markazi o‘quv zalida "Kitobsevar millat"shiori ostida, kitobxonlik doirasida ikkinchi tadbir"Kitobga muhabbat-hayotga muhabbat" mavzusida yurtdoshimiz O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Begoyi Allaberganovaning 70 yilligi munosabati bilan shoira bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda shoiraning hayoti va ijodi haqida kutubxona mutaxassisi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi M. Yusupova, O‘zbekiston jurnalistlarining ijodiy uyushmasi a’zosi, Sh.Razzoqova, "To‘rtko‘lnoma" gazetasi bosh muharriri, shoira O‘g‘iljon Nurullaeva so‘zladi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi rahbari J. Settiev shoiraning ijodi haqida so‘zlab Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasining tashakkurnomasi bilan taqdirladi. Shundan keyin "Onajonim she’riyat" klubi a’zolari shoira she’rlaridan yod aytishdi. Shoira Begoyi Allaberganova tadbirlar so‘nggida yurtdoshlariga va tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Tashkilotchi M. Yusupova, Begoyi Allaberganova bilan uchrashuv yana 24-aprel kuni Toshkent Gumanitar Fanlar Universiteti talabalari doirasida bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                         
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG