#Sport
“Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi
19-20 aprel kunlari To‘rtko‘l tumanidagi sport maktabida sportning voleybol turi bo‘yicha mahalla va ovullardan kelgan 160 nafar 2004-2006 yillarda tavallud topgan o‘g‘il va qiz bolalardan tuzilgan jamoalar o‘rtasida “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa ochilishiga To‘rtko‘l tumani VE va YoUXPTEG katta inspektori leytenant B.Xojabaev To‘rtko‘l tumani sport maktabi direktori Ergash Ibragimov hamda tuman yoshlar yetakchilari va tegishli idora vakilari ishtirok qilishdi. Musobaqa yakunida taqdirlash marosimi bo‘lib, g‘oliblar munosib taqdirlandi.
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                         
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#bugun

Tuman hokimligida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tuman hokimi R.Shamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri E.Tursunov rahbarligidagi mutasaddi tashkilotlarning mas’ul xodimlari mahalla yettiligiga mavzu bo‘yicha keng tushunchalar berildi.
Seminar mavzusi maxsus slayd orqali namoyish etilib, aholi o‘rtasida qarorni keng targ‘ib qilish bo‘yicha savollarga ham javoblar berildi.
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                         
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
"KITOBGA MUHABBAT-HAYOTGA MUHABBAT"
Kunning ikkinchi yarmida tuman Axborot kutubxona markazi o‘quv zalida "Kitobsevar millat"shiori ostida, kitobxonlik doirasida ikkinchi tadbir"Kitobga muhabbat-hayotga muhabbat" mavzusida yurtdoshimiz O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Begoyi Allaberganovaning 70 yilligi munosabati bilan shoira bilan uchrashuv o‘tkazildi.