Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Obod maskanga aylanmoqda
Bugun mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida Yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan 228-sonli qaror asosida To‘rtko‘l tumanidagi barcha mahallalarda qurilish ishlari olib borilmoqda. Ko‘chalarga tungi yoritkichlar, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida transformatorlar, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida svetoforlar o‘rnatish, piyodalar yo‘lakchalarini qurish kabi ishlar fikrimiz dalilidir.
Ayni kunlarda Toshkent, Mustaqillik, Beruniy, Shodlik va Tinchlik mahallalaridagi ko‘chalarni asfaltlash ishlari yakuniga yetdi.
Xususan, bugun yurtdoshlarimiz e’tiboriga havola qilinayotgan Tinchlik mahallasining Tinchlik ko‘chasida ham ishlar yakunlandi. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
Төрткүл_районы_–_вакансия_–_22_01_2024_жыл.pdf
7.2 MB
Министрликтиң телеграм тармағындағы рәсмий каналына ағза болың ҳәм Республикадағы бос жумыс орынлары ҳаққында ең биринши хабардар болың!

Ағза болыў 👉
@QR_bantlik
To‘rtko‘l tumanida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” tadbirlarining uchinchi bosqichi  boshlandi

Ushbu bosqich  doirasida bugun tumandagi  “Markazobod”, “To‘rtko‘l”,  MFY aholisi uchun tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvda 2024-yil "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" deb  e’lon qilinishi, yoshlarga va tadbirkorlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar  bo‘yicha atroflicha to‘xtalib  o‘tildi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi rahbari J.Settiyev, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i D.Atajanov, tuman imom xatibi D.Klichev va boshqa bir qator tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida ma’naviy-ma’rifiy ishlardagi faol o‘quvchilarga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
To‘rtko‘l tumanida Respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan o‘rganish ishlari davom etmoqda

Respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan bugun tuman hokimligi kichik majlislar zalida birinchi kun tahlili o‘tkazildi.
Mavjud kamchiliklar hamda zarur masalalar bo‘yicha tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Hududlarda, mahallalarda olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish va tashkiliy chora-tadbirlarga uslubiy ko‘maklashish bo‘yicha tuman ishchi guruhi a’zolari tomonidan o‘rganish jarayoni davom etmoqda. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
YOSHLAR UCHUN YANA BIR IMKONIYAT YARATILDI Islom taraqqiyot banki va OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qishloq maktablari faoliyatini baholash bo‘yicha hisobot natijalariga ko‘ra 122 million so‘mlik IT-uskunalar topshirildi.