E ‘ L O N
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI STATISTIKA AGENTLIGI, QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI STATISTIKA BOSHQARMASINING
TO‘RTKO‘L TUMANI STATISTIKA BO‘LIMI XABAR QILADI :
🌐 TO`RTKO`L_PRESS🇺🇿 (Rasmiy kanal)
E ‘ L O N O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI STATISTIKA AGENTLIGI, QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI STATISTIKA BOSHQARMASINING TO‘RTKO‘L TUMANI STATISTIKA BO‘LIMI XABAR QILADI :
E ‘ L O N
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI STATISTIKA AGENTLIGI, QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI STATISTIKA BOSHQARMASINING
TO‘RTKO‘L TUMANI STATISTIKA BO‘LIMI XABAR QILADI :


Firma, Mikrofirma, Agrofirma, Oilaviy korxona, MChJ va boshqa turdagi yuridik korxona rahbarlari hamda FERMER xo‘jaliklar raislari DIQQATIGA
Hurmatli tadbirkorlar va fermerlar !
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Davlat Statistika ishlari Dasturiga muvofiq Firma, Mikrofirma, Agrofirma, Oilaviy korxona, MChJ va boshqa yuridik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 1-kb shakli (yillik) “Mikrofirma va kichik korxonaning faoliyati to‘g‘risida” 2023 yil uchun Davlat Statistika hisoboti va uning
- qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risidagi 1-kb (qx) (1-kb shakliga ilova)
- atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi 1-kb (eko) (1-kb shakliga ilova)
- tibbiyot faoliyati to‘g‘risidagi 1-kb (tib) (1-kb shakliga ilova)
- turizm faoliyati to‘g‘risidagi 1-kb (tur) (1-kb shakliga ilova) ilovalarini 2024 yil 27-fevraldan kechiktirmay;
Fermer xo‘jaliklari tomonidan 1-fx shakli (yillik) “Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida” 2023 yil uchun Davlat Statistika hisobotini 2024 yil 27 fevraldan kechiktirmay;
eStat-4.0 (https://hisobot.stat.uz/ru/login/) axborot tizimi orqali, elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishingiz lozim.
Bundan tashqari (https://web.stat.uz/search/hisobot/uz/users.php) ushbu axborot tizimi orqali korxona STIR (INN) raqamini kiritib qanday turdagi Statistika hisobotlari topshirish kerakligini va topshirish muddatini bilib olishingiz mumkin.
Ushbu hisobotlarni taqdim etmaslik, muddatini kechiktirish yoki hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish O‘zR Ma’muriy Javobgarlik Kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka (ya’ni eng kam ish haqining 7-10-barobari miqdorida jarima) sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.
Siz mazkur hisobot shakllarini to‘ldirish va jo‘natish yuzasidan To‘rtko‘l tumani Statistika bo‘limining - 61-532-22-76 telefon raqami yoki To‘rtko‘l rayoni - 1735233 Statistika topari (https://t.iss.one/tortkulstatistika) telegram kanali orqali tushuntirishlar olishingiz mumkin.

O`‘z vaqtida hisobot taqdim etishni unutmang!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz ham sovrinli aksiyaning 2-bosqichida g'olib bo'lishingiz mumkin!

Sovrinli aksiyaning 2-bosqichi 2024 yilning 3-yanvaridan 31-yanvariga qadar o‘tkazilgan auksionlarda g'olib bo'lgan va bayonnoma rasmiylashtirilgan g'oliblar orasida o'tkaziladi.

2-bosqich g‘oliblari 2024-yilning 10-fevral sanasida jonli efirda aniqlanadi.

Davlat aktivini sotib oling va 15 ta qimmatbaho sovg‘alar (2-bosqich uchun, 5 ta televizor, 5 ta noutbuk, 5 ta planshet)dan birining egasiga aylaning!

Batafsil: https://e-auksion.uz/news-view/?id=462

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Obod maskanga aylanmoqda
Bugun mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida Yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan 228-sonli qaror asosida To‘rtko‘l tumanidagi barcha mahallalarda qurilish ishlari olib borilmoqda. Ko‘chalarga tungi yoritkichlar, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida transformatorlar, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida svetoforlar o‘rnatish, piyodalar yo‘lakchalarini qurish kabi ishlar fikrimiz dalilidir.
Ayni kunlarda Toshkent, Mustaqillik, Beruniy, Shodlik va Tinchlik mahallalaridagi ko‘chalarni asfaltlash ishlari yakuniga yetdi.
Xususan, bugun yurtdoshlarimiz e’tiboriga havola qilinayotgan Tinchlik mahallasining Tinchlik ko‘chasida ham ishlar yakunlandi. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
Төрткүл_районы_–_вакансия_–_22_01_2024_жыл.pdf
7.2 MB
Министрликтиң телеграм тармағындағы рәсмий каналына ағза болың ҳәм Республикадағы бос жумыс орынлары ҳаққында ең биринши хабардар болың!

Ағза болыў 👉
@QR_bantlik
To‘rtko‘l tumanida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” tadbirlarining uchinchi bosqichi  boshlandi

Ushbu bosqich  doirasida bugun tumandagi  “Markazobod”, “To‘rtko‘l”,  MFY aholisi uchun tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvda 2024-yil "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" deb  e’lon qilinishi, yoshlarga va tadbirkorlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar  bo‘yicha atroflicha to‘xtalib  o‘tildi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi rahbari J.Settiyev, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i D.Atajanov, tuman imom xatibi D.Klichev va boshqa bir qator tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida ma’naviy-ma’rifiy ishlardagi faol o‘quvchilarga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
To‘rtko‘l tumanida Respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan o‘rganish ishlari davom etmoqda

Respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan bugun tuman hokimligi kichik majlislar zalida birinchi kun tahlili o‘tkazildi.
Mavjud kamchiliklar hamda zarur masalalar bo‘yicha tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Hududlarda, mahallalarda olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish va tashkiliy chora-tadbirlarga uslubiy ko‘maklashish bo‘yicha tuman ishchi guruhi a’zolari tomonidan o‘rganish jarayoni davom etmoqda. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG