O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabr kungi F-79 Farmoyishiga asosan 2023-yil 23-dekabr kuni To‘rtko‘l tumani Mudofaa ishlari bo‘limi va maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan kelishilgan rejaga asosan Qurolli Kuchlarning tashkil topganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami va Vatanparvarlik oyligi munosabati bilan umumta’lim maktablarining 10- va 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 1000 metr masofaga yugurish musobaqasi va ushbu vatanparvarlik oyligining tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari J.Settiev ochib berdi. Tadbirda tumandagi Qurolli Kuchlar tizimidan nafaqaga chiqqan faxriylar so‘zga chiqib, o‘quvchilarni mazkur bayram bilan tabrikladilar.
🪀 To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
1-sektor
#Sayyor_qabul

Bugun “Yonboshqal’a” ovul fuqarolar yig‘inida tuman hokimi R.Shamuratov tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida hududdagi aholi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
O‘tkazilgan qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy, iqtisodiy masalalar bo`yicha murojaatlar tinglandi.
Murojaatlarning qonuniy, ijobiy yechim topishi uchun tegishli soha mas’ullariga zarur topshiriqlar berilib, muddat talab qilinayotgan muammolar ijrosi nazoratga olindi. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
2-sektor
#Sayyor_qabul

Bugun "Turkmanko'li" mahalla fuqarolar yig‘inida tuman prokurori yordamchisi A.Koylibayev ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tdi.
Qabul davomida hudud aholisi tomonidan bir qancha murojaatlar qabul qilindi. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
4-sektor
#Sayyor_qabul


Bugun 4-sektor hududidagi “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan sayyor qabulda Soliq inspeksiyasi rahbari A.Abdalov hududdagi fuqarolarning murojaatlarini qabul qildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolardan 4 ta murojaat kelib tushib, murojaatlarning ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilot mas’ullariga topshirildi. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
Bugun “Paxtaobod” ovul fuqarolar yig‘inida  tuman prokurori N.B.Djolamanov tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida hududdagi aholi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
O‘tkazilgan qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy, iqtisodiy masalalar bo`yicha murojaatlar tinglandi.
Murojaatlarning qonuniy, ijobiy yechim topishi uchun tegishli soha mas’ullariga zarur topshiriqlar berilib, muddat talab qilinayotgan muammolar ijrosi nazoratga olindi.     To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG