1-sektor
#Sayyor_qabul

Bugun “Ko‘na To‘rtko‘l” ovul fuqarolar yig‘inida tuman hokimi o‘rinbosari U.Allabergenov tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida hududdagi aholi o‘rtasida sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, joyida yechilish choralari belgilab olindi. 🪀To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
4-sektor
#Sayyor_qabul
Belgilangan jadval asosida 4-sektor hududiga qarashli “Tinchlik” va “Toshkent” mahalla fuqarolari yig‘inlarida sektor rahbari, Davlat soliq inspeksiyasi rahbari A.Abdalov ishtirokida sayyor qabullar o‘tkazildi.
Qabullar davomida fuqarolarning murojaatlari tegishliligi bo‘yicha qonuniy tartibda ko‘rib chiqilib,ba’zi birlari joyida ijobiy yechim topgan bo‘lsa, vaqt talab qiladigan boshqa masalalar tegishli soha mas’ullariga yuklatilib, nazoratga olindi. 🪀To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#2_sektor
Sayyor qabul
"O‘zbekiston" ovul fuqarolar yig‘inida tuman prokurori o‘rinbosari I. Karimov ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
🪀To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#nazorat_tadbirlari #markirovka

Alkogol va tamaki mahsulotlari realizatsiyasi bilan shugʻullanuvchilarda o‘tkazilayotgan soliq nazorati tadbirlari toʻgʻrisida Soliq qoʻmitasi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Oʻzbekiston Respublikasida 2021-yil 1-yanvardan alkogol va tamaki mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash joriy etilgan.

2022-yil 13-iyungacha (1 yilu 6 oy ) alkogol va tamaki mahsulotlari sotuvchilariga markirovkalanmagan mahsulotlarni savdodan olib tashlash imkoniyati berildi.

Shunga qaramay, soliq organlari tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida oʻtkazilgan tekshirishlar davomida alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi qoidalarini koʻp miqdorda buzish holatlari aniqlandi.

Xususan, faqat joriy yilning oktabr-dekabr oylari davomida raqamli markirovkalanmagan 1,9 mlrd soʻmlik 168,7 ming dona alkogol va 0,9 mlrd soʻmlik 81,4 ming dona tamaki mahsulotlari olib qoʻyildi.

Raqamli markirovkalarning yoʻqligi bir qator salbiy oqibatlarga olib keladi:

Birinchidan, tovarning kelib chiqish manbasini aniqlab boʻlmaydi, bu esa sogʻliqqa jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan kontrafakt va qalbaki mahsulotlarni aholiga sotish xavfini sezilarli darajada oshiradi.

Ikkinchidan, markirovkalanmagan mahsulotlar savdosi natijasida majburiy boʻlgan soliqlar va yigʻimlarning toʻlanmay qolishi Davlat budjetiga zarar keltiradi.

Uchinchidan, “uddaburon” tadbirkorlar tomonidan alkogol va tamaki mahsulotlarining soliq va yigʻimlar toʻlanmagan holda realizatsiya qilinishi intizomli tadbirkorlar uchun raqobat maydonida tengsizlikni keltirib chiqaradi.

Soliq organlari tomonidan kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish, davlat budjeti tushumlarini oʻz vaqtida va toʻliq taʼminlash, shuningdek, isteʼmolchilar va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida murojaatlar asosida alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish bilan shugʻullanuvchi 572 ta subyektda tekshiruvlar oʻtkazildi.

Natijada qonun buzilishlarga yoʻl qoʻygan 491 ta xoʻjalik subyektlariga nisbatan Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga muvofiq 49,9 mlrd soʻmlik moliyaviy jarimalar qoʻllanildi. 4 ta holatda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar alkogolli mahsulotlarni sotishdan byudjetga undiriladigan soliq tushumlariga ijobiy taʼsir koʻrsatib, noyabr oyida oʻtgan 10 oydagi soliq tushumlariga nisbatan 189 foizga oshgan (134 mlrd soʻmga nisbatan 252 mlrd soʻm).
Joriy yilda alkogol va tamaki mahsulotlari aksiz soligʻi bo‘yicha Davlat budjetiga tushumlarning umumiy prognozi 4,4 trln soʻm.

Soliq qoʻmitasi sotuvchilarni Soliq kodeksining 227 prim 1- moddasida nazarda tutilgan jazo choralarini (oxirgi hisobot choragidagi sof tushum miqdorida) hisobga olishga, alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishning qonuniy tartibini buzmaslikka chaqiradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
3-sektor
#Sayyor_qabul
To‘rtko‘l tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari M.Sherimbetov tomonidan “Oqboshli” OFYda aholi muammolarini o‘rganish bo‘yicha tegishli idoralar mas’ullari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolardan 20dan ortiq turli masalalarda murojaatlar kelib tushib, 2 ta murojaat joyida hal qilindi. 🪀To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида 12 декабрь куни қиш мавсумини беталафот ўтказиш бўйича вазифаларнинг бажарилиш ҳолати муҳокамаси бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

12-декабрь күни Президент Шавкат Мирзиёев басшылығында қыс мәўсимин зыянсыз өткериў бойынша ўазыйпалардың орынланыў жағдайын додалаўға арналған видеоселектор мәжилиси өткерилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева 12 декабря состоялось видеоселекторное совещание, на котором обсужден ход выполнения задач по устойчивому проведению зимнего сезона.

#Mirziyoyev #videoselektor #qish #energetika

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter