O‘z o‘rnida shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, tuman xalq ta’limi xodimlari mehnat faoliyatining samaradorligi va natijalariga ko‘ra respublikamizda oldingi o‘rinlarda bormoqdalar.
Shu bois bayram munosabati bilan sohada yutuqlarga erishayotgan fidoyi ustoz-murabbiylarning fidokorona mehnati alohida qayd etildi. Kasb bayramlari munosabati bilan taqdirlangan ustoz va murabbiylarga “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi” va “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishonlari, qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiyning: “Avlodlaringizga faqat bugunning emas, kelgusi zamonning ilmini o‘rgating”, degan so‘zlari beixtiyor yodimizga tushadi.
Chindan ham, dunyo miqyosida raqobat yanada kuchayib boradigan, o‘ta murakkab bir davrda yashaydigan yoshlarni kelajakka tayyorlab, sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim-tarbiya sohasi, o‘qituvchi mehnatining tub mohiyatini tashkil etadi.
Bugungi tadbirda tuman Madaniyat bo‘limining xushovoz xonandalari hamda to‘garak a’zolari o‘zlarining ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan kuy – qo‘shiqlari, jozibali raqslari bilan bayramga yanada ko‘tarinki ruh baxsh etdilar.
#Taxtako‘pir tumani
"Abbaz hawazi-Qaratereng irg‘aqlari" folklor festivalida To`rtko`lllik "Aynalayn" qozoq folklor etnografik xalq ansambli rahbari fahrli o`rinni egallashga musharraf bo`ldi
29-sentabr kuni Taxtako‘pir tumanida tashkil qilingan "Orol baliqlaridan 99 turdagi taom" gastronomik festivali hamda "Abbaz hawazi-Qaratereng irg‘aqlari" folklor festivali doirasida baxshichilik, jirov hamda qissaxonlik yo'nalishida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda To‘rtko‘l tumani 55-sonli "Sahro sadosi" madaniyat markazi "Aynalayn" qozoq folklor etnografik xalq ansambli badiiy rahbari Islombek Zaynatdinov faol qatnashib, faxrli 2-o‘rinni egalladi va 3 (uch million) so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Islombek Zaynatdinovga kelgusi ijodiy faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bugun tumandagi bilim dargohlarida 1-oktabr “O`qtuvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbirlari bo`lib o`tdi.
Unda fahriy o`qtuvchilar ham ishtirok qilishib, yoshlar tomonidan tayyorlangan jozibali raqslar, sahna ko`rinishlari vas ho`y kuy-qo`shilardan bahramand bo`ldilar.
Rasmda: tumandagi MMTBga qarashli 22-sonli umumta`lim maktabi va To`rtko`l Pedagogika kollejidan lavhalar