1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” bayram tadbiri tantanali ravishda nishonlandi
Bugun o‘zining butun borlig‘ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar kuni. Shu bois kelajak avlodni - Vatanimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan ushbu insonlarning oliyjanob mehnatiga tahsinlar kam.
“O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayramini nishonlash maqsadida muhtasham “Dunyo” to‘yxonasida tantanali tadbir tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi R.A.Shamuratov, sektor rahbarlari, sohada ko‘p yillar faoliyat ko‘rsatgan faxriy ustoz va murabbiylar, tumanimizdagi faol o‘qituvchi ustozlar va soha vakillari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok qildilar.
Tadbirni tuman hokimi o‘z tabrik nutqi bilan ochib berdi.

O‘z o‘rnida shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, tuman xalq ta’limi xodimlari mehnat faoliyatining samaradorligi va natijalariga ko‘ra respublikamizda oldingi o‘rinlarda bormoqdalar.
Shu bois bayram munosabati bilan sohada yutuqlarga erishayotgan fidoyi ustoz-murabbiylarning fidokorona mehnati alohida qayd etildi. Kasb bayramlari munosabati bilan taqdirlangan ustoz va murabbiylarga “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi” va “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishonlari, qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiyning: “Avlodlaringizga faqat bugunning emas, kelgusi zamonning ilmini o‘rgating”, degan so‘zlari beixtiyor yodimizga tushadi.
Chindan ham, dunyo miqyosida raqobat yanada kuchayib boradigan, o‘ta murakkab bir davrda yashaydigan yoshlarni kelajakka tayyorlab, sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim-tarbiya sohasi, o‘qituvchi mehnatining tub mohiyatini tashkil etadi.
Bugungi tadbirda tuman Madaniyat bo‘limining xushovoz xonandalari hamda to‘garak a’zolari o‘zlarining ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan kuy – qo‘shiqlari, jozibali raqslari bilan bayramga yanada ko‘tarinki ruh baxsh etdilar.