Farmon ijrosi amalda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyun kungi PF-82 sonli Farmoning 14-bandiga asosan har haftaning juma kuni "Mehr va saxovat kuni" sifatida belgilanib, barcha davlat organlari va tashkilotlari ehtiyojmand aholi, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yolg‘iz keksalar holidan xabar olish, ularga g‘amxo‘rlik qilish hamda xayriya tadbirlarini o‘tkazish belgilab olindi.
Shu munosabat bilan To‘rtko‘l tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi mas’ullari boshchiligida tumandagi “Yangi hayot”, “Yonboshqal’a”, “Ullubog‘” ovul fuqarolar yig‘ini va “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi salomatligi bo‘yicha “Ayollar daftari”ga kiritilgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga qo‘ltiq tayoqlar, nogironlik aravachalari topshirildi. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#Onlayn
#Qabul
Ayni damlarda tuman hokimi R.Shamuratovning ochiq muloqot tarzida o‘tkazilayotgan qabulida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy, iqtisodiy murojaatlar tinglanmoqda.
Murojaatlarning qonuniy, ijobiy yechim topilishida tegishli soha mas’ullari ham ishtirok qilishayotgan bo‘lib, ularga tegishli topshiriqlar berilib, muddat talab qilinayotgan muammolar ijrosi nazoratga olinmoqda. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#Targ`ibot “Ullubog‘” OFYda ko‘cha boshchi faol ayollari bilan birgalikda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda To‘rtko‘l tumani xokim o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.K.Jumabaeva, Jo‘qorg‘i Kenes deputati Z.Abdullaeva ishtirok etishdi va hozirgi kunda aholi o‘rtasida, ayniqsa ayol-qizlar o‘rtasida kiyinish madaniyati, erta nikohni oldini olish, oilalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, to‘y-hashamlarni ixchamlashtirish, ajrimlarning oldini olish kabi bir qancha dolzarb masalalar to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borishdi.
Uchrashuvda ko‘cha boshchi ayollar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va o‘z navbatida fikr- mulohazalarini bildirishdi...
Bunday targ‘ibot tadbirlari “Otayurt” ovul fuqarolari yig‘inida hamda “Yangiobod” va “Beruniy” mahallalarida ham bo‘lib o‘tdi.
#G‘alla_2023 Joriy 2023 yil hosili uchun tumanimiz dehqonlari jami 5 500 gektar maydonda g‘alla yetishtirdilar. Ayni kunlarda dalalarda g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari qizg‘in sur’atlarda olib borilmoqda. Siz suratlarda ko‘rib turgan “Sho‘raxon” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi “Yashnobod To‘rtko‘l” fermer xo‘jaligi 30 gektar g‘alla maydonidan 30 sentnerdan hosil yig‘ib olib 99 tonna g‘allani omborga yetkazdi va rejani 100 foizga bajardi. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Олдинги видеомиздан сўнг ипотека субсидияси бўйича кўплаб саволлар келиб тушди.

Бугун энг кўп учраган савол, субсидия қандай асослар билан рад этилиши мумкинлигини кўриб чиқамиз.

Батафсил 👉 видеода

YUKSALISH HARAKATI
Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo’limining qo’shma qaroriga asosan o’tkazilgan "Kitob bizning do’stimiz" tanlovining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichida To’rtko’l tuman Maktab va maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 30-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 8-D sinf o‘quvchisi Mavlanova Nargiza faxrli 3-o'rinni egalladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Сув тежовчи технологиялардан фойдаланиш самарадорлиги
#23june #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur