“Oq kabutar” bolalar oromgohida

“Vatanparvar ” tashkiloti To’rtko’l tuman O’STK xodimlari tomonidan yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida To’rtko’l tumanida joylashgan “Oq kabutar” bolalar oromgohiga tashrif buyurib, yurish marafoni bilan tadbir boshlandi.
Dam olayotgan yoshlarning bo’sh vaqtlarida sportning texnik va amaliy turlarini targ’ib qilish hamda tashkilot faoliyati borasidagi tushunchalarini boyitish maqsadida, yo’l harakati qoidalari bo’yicha tushunchalar berildi.
Yoshlar o’rtasida pnevmatik miltiqdan o’q otish bo’yicha bellashuv tashkil qilindi. Tadbirga tuman Yoshlar agentligi xodimlari va Milliy gvardiya xodimlari qatnashib kamondan o’q otish musobaqasi o’tkazildi. Tadbirda g’olib bo’lgan va faol qatnashgan yoshlarga “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan faxriy yorliqlar berildi.To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Қорақалпоғистонлик хотин-қизларнинг Бўстонлиқ туманига саёҳати ташкил этилди
#Yoshlar_oyligi

Kitoblar yarmarkasi tashkil etildi

"Yoshlar oyligi" munosabati bilan Yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tkazilayotgan "Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!" shiori ostidagi tadbirlar Toshkent Gumanitar Fanlar Universitetida ham bo‘lib o‘tmoqda.
Universitet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot kengashi tashabbusi hamda Yoshlar bilan ishlash, Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi bilan hamkorlikda talaba yoshlar ishtirokida ''Kitob yarmarkasi'' tashkil qilindi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Biz kitobdan boshqa hamma narsani reklama qildik. Oqibatda, odamlar kitoblar borligini ham unutib qo‘ydi”

Javlon Jovliyev kitob o‘qigan bilan kitob o‘qimagan hech qachon teng bo‘lmasligi haqida gapirdi.

📺“Olamning qalbi”

Kanalga ulaning👉 @mm_telekanal
"YIL_TO'GARAK_RAHBARI" TANLOVINING QORAQOLPOG'ISTON RESPUBLIKA BOSQICHI O'TKAZILDI
Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "Yangi imkoniyatlar oyligi" doirasida "Yil to‘garak rahbari" tanlovi e'lon qilingan edi.
Shu munosabat bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabida "Hunarmandchilik va qo'l mehnati" yo'nalishida faoliyat yuritayotgan hamda ilg'or ish tajribalariga ega bo'lgan to'garak rahbarlarini aniqlash maqsadida "Yil to'garak rahbari" tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublika bosqichi tashkil etildi.
Ushbu tanlovda To'rtko'l tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Bichish_tikish" to'garak rahbari Seyitova Gavhar faol ishtirok etib faxriy yorliq v estalik sovғa bilan taqdirlandi .