🌐 𝗧𝗒'π—₯π—§π—žπ—’'π—Ÿ_𝗣π—₯π—˜π—¦π—¦ / π—₯π—”π—¦π— π—œπ—¬ π—žπ—”π—‘π—”π—Ÿ
12.2K subscribers
61.7K photos
6.77K videos
127 files
19.2K links
Download Telegram
Toβ€˜rtkoβ€˜l tumanida qish mavsumini betalofat oβ€˜tkazish maqsadida amaliy ishlar davom etmoqda

Kuz-qish mavsumi davomida aholining xavfsizligini ta’minlash maqsadida tumandagi barcha hududlarda - ovul va mahallalarda is gazidan zaharlanishining oldini olish borasida tushuntirish ishlari davom etmoqda.
Toβ€˜rtkoβ€˜l tumaniga biriktirilgan mas’ul, O'zibekiston Respubkikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi vakili polkovnik Qurbanbayev Shuhrat Ergashovich, tuman hokimi oβ€˜rinbosari V.Niyazimbetov, tuman FVB boshligβ€˜i A.Jumashov hamda tegishli tashkilot rahbarlari tomonidan ishchi guruh a’zolariga yoβ€˜riqnoma oβ€˜tkazildi. Shundan keyin tumandagi navbatdagi mahalla va ovul fuqarolar yigβ€˜inlari hududlarida aholini is gazidan zaharlanishini oldini olish maqsadida nazorat oβ€˜tkazish maqsadida joylarga yuborildi. βœ…Toβ€˜rtkoβ€˜l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
πŸ“² Ilova emas β€” haqiqiy xazina!

"xazna" mobil ilovasi Xalq bankining 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan mijozlarining qulay moliyaviy ko'makchisi. 

⏳ Ilovaning "xazna" Pro va pensionerlar uchun moΚ»ljallangan maxsus "xazna" Lite interfeysi bilan bankka kelib amalga oshiriladigan amaliyotlarni smartfoningizda bir zumda hal qiling. 

Ular qanday amaliyotlar ekanligi haqida ⬆️ batafsil ma'lumot berilgan.

"xazna" ilovasini yuklab oling:
πŸ“² Play market / APP Store

Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
BAYRAM SHUKUHI DAVOM ETMOQDA


Bayram tadbirlari tumandagi 5-sonli maktab internatida ham koβ€˜tarinki kayfiyatda boβ€˜lib oβ€˜tdi.

Yangi yil bayrami munosabati bilan oβ€˜tkazilgan bayram tadbirida maktabdagi iqtidorli oβ€˜quvchi-yoshlar tomonidan rang-barang konsert dasturi taqdim etildi.

Bayram munosabati bilan oβ€˜tkazilgan tantanali tadbirda 3-sektor rahbari M.Sherimbetov, maktab internati rahbariyati ishtirok qildilar hamda homiylar tomonidan taqdim etilgan sovgβ€˜alarini egalariga topshirdilar. βœ…Toβ€˜rtkoβ€˜l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
πŸŽ„ #2023_2024_Yangi_yil_archasi


Yangi yil tuhfasi

Ayni kunlarda Yangi 2024-yil kirib kelishi munosabati bilan Yurtimiz boβ€˜ylab bayram tantanalari boβ€˜lib oβ€˜tmoqda.

Shunday bayramlardan biri To'rtko'l tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 27-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tarbiyalanuvchilar tomonidan bolajonlar ishtirokida "Yangi yil" bayrami tadbiri boβ€˜lib oβ€˜tdi. βœ…Toβ€˜rtkoβ€˜l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
πŸŽ„ #2023_2024_Yangi_yil_archasi
Oβ€˜zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil 15-dekabrdagi 03-PA 2-7679-sonli topshirigβ€˜iga asosan β€œOβ€˜zbekiston Respublikasida Yangi yil bayrami tadbiriga tayyorgarlik koβ€˜rish va ularni oβ€˜tkazish dasturi” qabul qilingan boβ€˜lib mazkur dasturning 3-38-bandlarida berilgan topshiriqlarni ijrosini ta`minlash maqsadida Toβ€˜rtkoβ€˜l tumani sport maktabining ishchi-xodimlari oβ€˜rtasida sporting voleybol sport maktabining shug`ullanuvchilari oβ€˜rtasida β€œMening archam” va β€œYangi yilni sport bilan” shiori ostida sportning mini futbol, shaxmat va karate turi boβ€˜yicha 26-27-28-dekabr kunlari sport maktabi hamda Barkamol avlod bolalar markazi bazasida bayram tadbirlari boβ€˜lib oβ€˜tdi. Bayram tadbilarida sport maktab direktori va mas`ul xodimlari ishtirok qilishdi. βœ…Toβ€˜rtkoβ€˜l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
E’LON!

Hurmatli yurtdoshlar!

Ertaga 2023-yil 29-dekabr kuni tuman markaziy koβ€˜chasida β€œPrezident archasi” bayram tadbiri oβ€˜tkazilishi munosabati bilan kunduzgi soat 9:00 dan 14:00 gacha hamda 2023-yil 31-dekabr kuni β€œYangi yil bayrami” munosabati bilan ertalabki soat 9:00 dan 2024-yil 1-yanvar kuni soat 02:00 gacha harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toβ€˜rtkoβ€˜l va Mustaqillik koβ€˜chalarida avtomobil harakati vaqtincha toβ€˜xtatilishini ma’lum qilib bildiramiz.


Toβ€˜rtkoβ€˜l tumani IIB Yoβ€˜l harakati xavfsizligi boβ€˜limi βœ…Toβ€˜rtkoβ€˜l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
Hurmatli fuqarolar!
To'rtko'l tumanidagi β€œOqqamish” OFY hududidagi iste'molchilarni tabiiy gaz bilan ta'minlovchi β€œMiskin” GRSda β€œUrgenchtransgaz” AJ xodimlari tomonidan ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli 2023-yil 29-dekabr kuni soat 14:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to'xtatilishini ma'lum qilamiz. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti bo'limi iste'molchilardan uzr so'raydi.
Hurmatli tabiiy gazdan foydalanuvchi xonadon egalari! Gazdan xavfsiz foydalanish qoidalariga amal qiling bu bilan o'zingiz oila a'zolaringiz xavfsizligini ta'minlagan bo'lasiz. Xonada gaz hidini sezsangiz darhol gaz joβ€˜mraklarini bekitib, derazalarni ochib xonani shamollating va 104 hamda 533-04-52 telefon raqamlari orqali avariya dispetcherlik xizmatiga xabar berishingizni so'raymiz.

β€œ
To'rtko'ltumangaz” gaz ta'minoti bo'limi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TO'RTKO'L TUMANIDA "BAND BO'LMAGAN YOSHLARNI KASB-HUNARGA YO'NALTIRISH ORQALI MALAKALI MUTAXASSIS SIFATIDA YETISHTIRISH" MAVZUSIDA YIG'ILISH BO'LIB O'TDI.