🌐 𝗧𝗒'π—₯π—§π—žπ—’'π—Ÿ_𝗣π—₯π—˜π—¦π—¦ / π—₯π—”π—¦π— π—œπ—¬ π—žπ—”π—‘π—”π—Ÿ
11K subscribers
60.3K photos
6.54K videos
126 files
18.7K links
Download Telegram
#Bugun
Toβ€˜rtkoβ€˜l tumani sport maktabida "Milliy armiyamiz-yangi Oβ€˜zbekistonning mustahkam qalqonidir!" shiori ostida harbiy vatanparvarlik tadbiri oβ€˜tkazildi.
Ushbu tadbirda tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman boβ€˜linmasi rahbari J.Settiev, Nukus harbiy prokuraturasi prokurori oβ€˜rinbosari, adliya mayori D.Turumbetov, Qoraqalpogβ€˜iston Respublikasi Milliy gvardiya qoβ€˜riqlash tizimi boshqarmasi, tuman mudofaa ishlari boβ€˜limi β€œVatanparvar” tashkiloti, Qurolli kuchlar tizimidagi faxriylar, umumta’lim maktablarning "Vatan tayanchi" otryadlari a’zolari hamda keng jamoatchilik ishtirok qildi.
Tadbirni Nukus harbiy prokuraturasi prokurori oβ€˜rinbosari, adliya mayori D.Turumbetov ochib berdi.
Tadbirda favqulodda vaziyatlar tuman boβ€˜limi xodimlarining, tuman sport maktabi sportchi yoshlarining hamda ishtirokchi yoshlarning chiqishlari namoyish etildi.
Umumta’lim maktablarining oβ€˜quvchi yoshlari oβ€˜rtasida oβ€˜tkazilgan harbiy sport musobaqasi yakunida 18-IDUM β€œTemurbek avlodlari” jamoasi 1-oβ€˜rinni, 13-maktabning β€œQalqon” jamoasi 2-oβ€˜rinni va 59-, 46- maktablarninig β€œAdolat” jamoalari 3-oβ€˜rinni egalladilar.
Gβ€˜oliblar tashkilotchilar tomonidan ragβ€˜batlantirildi. βœ…Toβ€˜rtkoβ€˜l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG