Forwarded from Bandlik vazirligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

📍Ish beruvchi ish haqini, ta’til to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to‘lov muddatidan keyingi kundan e’tiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga to‘lashi shart.

➡️BATAFSIL⬅️

Подключиться к каналу ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I twitter I Telegram I YouTube
Forwarded from Bandlik vazirligi
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

📋Yangi Mehnat kodeksiga mehnat shartnomasi quyidagi shartlarning kiritilishi o‘z-o‘zidan haqiqiy hisoblanmaydi.

Majburiy mehnatni ta'qiqlash haqidagi talablarni buzadigan;

Mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni ta'qiqlash talablarini buzadigan;

Xodimning holatini mehnat qonunchiligiga va mehnat haqidagi boshqa hujjatlarga nisbatan yomonlashtiradigan;

Xodimni qonunga xilof harakatlarni, boshqalarning yoki xodim o‘zining huquqlarini buzadigan, hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan, sha’niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan shartlar.

❗️ Mehnat shartnomasi ayrim shartlarining haqiqiy emasligi mehnat shartnomasining umuman haqiqiy emasligiga sabab bo‘lmaydi.

Yangi tahrirdagi mehnat kodeksi ➡️Batafsil⬅️

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I twitter I Telegram I YouTube
Forwarded from Bandlik vazirligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

❗️Ish beruvchi homilador ayollarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida antenatal (tug‘ruq davrigacha) parvarishlash (perinatal skrining va tashxis, majburiy tibbiy ko‘riklar va boshqa majburiy tibbiy muolajalar) uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha bo‘sh kunlar berishi shart. Homilador ayollarni antenatal (tug‘ruq davrigacha) parvarishlash tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Yangi tahrirdagi mehnat kodeksi ➡️Batafsil⬅️

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I twitter I Telegram I YouTube
БАЙРАМГА БАЙРАМОНА ТУҲФА БИЛАН

Аҳолига тиббий хизматни янада яқинлаштириш мақсадида "Тиббиёт ходимлари куни" байрами арафасида туманимизнинг "Оққамиш" OФЙга қарашли Оби-ҳаёт аҳоли пункти, "Шўрахон" ОФЙга қарашли Қумли аҳоли пункти, Калтаминор ОФЙга қарашли Ёнбошқалъа қўрғони аҳоли пунктларида "Маҳалла тиббиёт пунктлари"ни очилиш тадбирлари бўлиб ўтмоқда.
https://t.iss.one/turtkulhokim_uz
To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
Президент Шавкат Мирзиёев 10-11 ноябрь кунлари бўлиб ўтадиган Туркий давлатлар ташкилоти саммити тадбирларида иштирок этиш учун Самарқанд шаҳрига келди.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в город Самарканд для участия в мероприятиях саммита Организации тюркских государств 10-11 ноября.

#Mirziyoyev #sammit #Samarqand #TDT

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Joriy yilning 8 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali “O‘quvchilar ham shu nosoz ko‘prikdan maktabga qatnaydi” mavzusida murojaat bo‘yicha To‘rtko‘l tumani “Ko‘na-To‘rtko‘l” OFY Amirobod kanalining PK26+24 dagi avtoyo‘l ko‘prigi O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha tarmoq ilmiy-texnik kengashining 2021 yil 14 dekabr kungi yig‘ilish bayoniga asosan avtoyo‘l ko‘prigining texnik holati avariya holatidaligi aniqlanib, mazkur ko‘prik o‘rniga yangidan ko‘prik qurish bo‘yicha topshiriq berilgan.
Bugungi kunda Jahon Banki bilan hamkorlikda “Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasi mablag‘lari hisobidan To‘rtko‘l tumanidagi “Ko‘na-To‘rtko‘l” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi Amirobod kanalining PK26+24 dagi ko‘prik o‘rniga yangi ko‘prik qurish bo‘yicha “Hissorakgidroqurilish” MCHJ tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda hamda joriy yil noyabr oyida qurilish boshlanishi belgilangan.
Forwarded from Times.uz
Шавкат Мирзиёев Олимпия шаҳарчаси қурилишига тамал тоши қўйиш маросимида иштирок этди.

Ушбу лойиҳанинг қиймати 289 миллион доллардан зиёд. Шаҳарча майдони 100 гектар. Бу ерда 10 минг ўринли енгил атлетика ва футбол стадиони, 6 та ёпиқ ва 7 та очиқ спорт иншоотлари, сув спорти саройи, велотрек, яккакураш, жамоавий спорт мажмуалари барпо этилади.
Ahamiyatli seminar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining va O‘zbekiston Respublikasi, Xalq ta’limi vazirligining 2022-2023 o‘quv yilida xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilarini malakali o‘qitish bo‘yicha mobil guruhlar faoliyatini samarali tashkil etish hamda mobil guruh trenerlari mehnatiga haq to‘lash tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi qo‘shma qaroriga asosan To‘rtko‘l tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli maktablarning ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
O‘quv seminarini yaqinda Buyuk Britaniyada malaka oshirib kelgan S1 darajaga ega 29-maktab o‘qituvchisi Inomjon Yuldashev va S1 darajasiga ega 40-maktab o‘qituvchisi Dilshod Mo‘minovlar o‘tkazdilar.
O‘quv seminari yakunida o‘qituvchilar sertifikat va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati