#qadribalandonatilim

🔰21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni!

🔰Ushbu kun munosabati bilan bugun Turkiston sanʼat saroyida Vazirlar Mahkamasining Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti boshchiligida katta bayram tashkil etildi.

🥇🥈🥉Shuningdek, "Qadring baland boʻlsin, Ona tilim!" tanlovining respublika bosqichi sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

💐Tanlov Respublika boʻylab 4 yoʻnalish boʻyicha oʻtkazildi va sovrindorlar taqdirlandi.

Shu bilan birga, 20 nafar Davlat tiliga hissa qoʻshgan tashkilotlar hamda fidoyilar taqdirlandi.

💫Sanʼatkorlarning chiqishi bayramga o'zgacha ko'rk bag'ishladi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#ona_tilim_faxrim
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tuman hokimligi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti To‘rtko‘l fakulteti hamkorligida talaba yoshlar o‘rtasida “Til bilimdonlari” intellektual o‘yinlari tashkil etildi.
Intellektual o‘yinda tilshunoslikning fonetika, punktuatsiya, morfologiya bo‘limlaridan, o‘zbek mumtoz adiblari ijodiga mansub asarlardan savollar berilib, “Lingivist”, “Yangi avlod” va “Zamaxshariy” jamoalari bilim bobida bellashdilar.
Jamoalarga esdalik uchun kitoblar taqdim qilindi. To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW| YT
Sayyor qabul: Fuqarolar murojaatlari ijobiy hal bo‘lmoqda
Bugun To‘rtko‘l tumani «Ullubog‘» ovul fuqarolar yig‘inida tuman hokimi R.Shamuratov, sektor rahbarlari va tegishli tashkilot mas’ullari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan tabiiy gaz, elektr energiyasi, yo‘l ta’miri, tibbiy yordam, subsidiya asosida uy, nogironlik aravachasi bilan ta’minlash, ishsizlik, davolanish uchun moddiy yordam bo‘yicha murojaatlar kelib tushib, mas’ullar tomonidan o‘rganildi.
Bo‘lib o‘tgan sayyor qabul yakunida pedagogika kollejida tahsil oluvchi qizi uchun kontrakt pulini to‘lab berish bo‘yicha murojaat, nogironligi bo‘lgan ikki nafar shaxslarga, salomatligini tiklash uchun va yana oilaviy ahvoli og‘ir bo‘lgan ikki nafar fuqarolarning murojaatlari joyida ijobiy yechim topdi.
Shuningdek, «Otayurt» va «Sho‘raxon» OFYdan kelgan murojaatchilarning ijtimoiy masalalar bo‘yicha muammolari bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, muddat belgilandi va nazoratga olindi.