🌐 𝗧𝗒'π—₯π—§π—žπ—’'π—Ÿ_𝗣π—₯π—˜π—¦π—¦ / π—₯π—”π—¦π— π—œπ—¬ π—žπ—”π—‘π—”π—Ÿ
11.1K subscribers
62.1K photos
6.84K videos
129 files
19.3K links
Download Telegram
🎭 #Q_v_Z
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

⚑️Besh tashabbus olimpiadasining 2-mavsumi doirasida tumanimizda Quvnoqlar va Zukkolar musobaqasining sektor bosqichi o'tkazildi.

β–« Quvnoqlar va Zukkolar musobaqasining sektor bosqichi To’rtko’l tumanida ham yuqori kayfiyatda o'tkazildi.

πŸŽ‰ Musobaqaning oxirida esa eng kuchli jamoalar keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
DIQQAT E’LON!

2022 yil 25-oktabr kuni soat 15:00 da To'rtko'l tumani hokimligining katta majlislar zalida Xalq deputatlari To'rtko'l tumani Kengashining navbatdagi 52-sessiyasi bo'lib o'tadi.

Sessiya tuman hokimligining https://t.iss.one/turtkulhokim_uz telegram tarmog'i, https://www.facebook.com/turtkultumani.hokimligi orqali onlayn efirga uzatiladi. https://turtkul.uz/2022/10/20/diqqat-elon-11/ βœ…Toβ€˜rtkoβ€˜l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW| YT
Ilgβ€˜or terimchilar rahbatlantirilmoqda

Bugun Toβ€˜rtkoβ€˜l tumanidagi paxta yetishtiruvchi fermer xoβ€˜jaliklari birin-ketin belgilangan paxta rejasini ortigβ€˜i bilan bajarib mehnatlari natijasini koβ€˜rmoqdalar. Ushbu fermer xoβ€˜jaliklarida paxta yigβ€˜im-terimini olib borayotgan ilgβ€˜or terimchilar esa fermerlarning eng yaqin koβ€˜makdoshiga aylangan.
Shu bois hududlarda terimchilarni ragβ€˜batlantirish ishlari doimiy tarzda olib borilmoqda. Bu esa terimchilarga nafaqat ragβ€˜bat, balki ishiga turtki va kuch–gβ€˜ayrat baxsh etadi.
Bugun β€œPaxtachi” ovul fuqarolar yigβ€˜inidagi Nepes Begliev aholi punkti hududidagi β€œZokirjon-Toβ€˜rtkoβ€˜l azamati” fermer xoβ€˜jaligida ham shunday ragβ€˜batlantirish ishlari tashkil etildi.
Kuni kecha 25 gektar paxta dalalaridan rejadagi 70 tonna moβ€˜l hosilni nes-nobud qilmay yigβ€˜ib-terib olishda koβ€˜makdosh boβ€˜lgan 50 nafarga yaqin terimchilar tuman hokimligi tomonidan Mahalla va nuroniylarni qoβ€˜llab-quvvatlash boβ€˜limi rahbari A.Atajanov boshchiligida ragβ€˜batlantirildi.