“Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan tadbirlar davom etmoqda

Ma’lumki, BMT Bosh Assambleyasining 2007 yil 18 dekabrdagi "Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash" to‘g‘risidagi rezolyusiyasiga asosan 15-oktyabr “Xalqaro qishloq ayollari kuni” deb e’lon qilingan. BMT mazkur kunda qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi ayollarning muammolariga e’tibor qaratishga, xususan, ularning ta’lim olishi, mehnat qilishi, farovon turmush kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik va tazyiqdan himoyalash, gender tenglikni ta’minlashga chaqiradi.

https://turtkul.uz/2022/10/14/xalqaro-qishloq-ayollari-kuni-munosabati-bilan-tadbirlar-davom-etmoqda-2/ To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW| YT
#Paxta_2022
#4_sektor

Bugun To‘rtko‘l tumani «Ullubog‘» ovul fuqarolari yig‘ini hududidagi «Elita urug‘chilik» fermer xo‘jaligida sektor rahbari hamda ovul va fermer xo‘jaligi rahbarlari terimda ishtirok qilayotgan ilg‘or terimchilarga esdalik sovg‘alari va paxta moyi berishdi. To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW| YT
#ochiq_muloqot_ tarzida_qabul
Bugun To'rtko'l tumani hokimligida tuman hokimi R.Shamuratov,sektor va tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida qabul bo'lib o'tdi.
50 nafardan ortiq fuqarolar murojaatlarining aksariyat ko'pchiligi moddiy yordam, uy-joy masalasi va salomatligini tiklash va boshqada ijtimoiy murojaatlardan iborat bo'lib, aksariyat ko'pchilik fuqarolarning murojaatlari joyida ijobiy echim topdi.
Qabul davomida fuqarolarga huquqiy maslahat berish bilan birgalikda muddat talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi. To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati https://t.iss.one/turtkulhokim_uz/37094
YANGI ASAR TAQDIMOTI

Bugun 2022 yil 14 oktyabr kuni To'rtko'l tuman Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 51-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida O'zbekiston Xalq shoiri Akbar Mirzoning “Suiqasd” asarining tarjimasi yozuvchi G.Velbegovning “Kast etme” asarining taqdimoti bo'lib o'tdi. Tumandagi ta'lim turkman tilida olib boriladigan maktablarga O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi To'rtko'l tuman bo'linmasi tomonidan jami 20 dona 1 430 600 (bir million to'rt yuz o'ttiz ming olti yuz) so'mlik kitoblar sovg'a qilindi.
Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi To'rtko'l tuman bo'linmasi rahbari J.Settiev, To'rtko'l tuman Xalq ta'limi bo'limi mudiri o'rinbosari A.Baltabaev, yozuvchi G.Velbegov hamda kasaba uyushmasi To'rtko'l tuman bo'linmasi raisi A.Xaldurdievlar va tumandagi umumiy o'rta ta'lim maktabi kutubxonachilari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan ijodiy chiqishlar ishtirokchilarga havola qilindi.
Tadbir yakunida umumiy o'rta ta'lim maktablarida kitobxonlikni targ'ib qilishda samarali faoliyat ko'rsatib kelayotgan bir qator kutubxonachilarga O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi To'rtko'l tuman bo'linmasi tomonidan Faxriy yorliq hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.
To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW| YT