Maktablarda soβnggi qoβngβiroq jarangladi
Bugun 25 may. Respublikamizning barcha umumtaβlim maktablarida "Soβnggi qoβngβiroq" tadbirlari oβtkazilmoqda. Jumladan, tumandagi bilim dargohlari ham navbatdagi bitiruvchi yoshlarni mustaqil hayotga kuzatmoqdalar. Joriy yil yurtboshimizning bitiruvchilarga tabrigi barchaga koβtarinki kayfiyat va ruh bagβishladi. Shu bois tumandagi sektor rahbarlari bitiruvchi yoshlarga Prezidentning tabrigini yetkazib, ularga katta ishonch bildirdilar.
π’Toβrtkoβl tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW

"Algβa qadam" sheβrlar kitobining taqdimoti boβlib oβtdi
Toβrtkoβl XTBga qarashli qoraqalpoq tiliga ixtisoslashtirilgan 67-son umumtaβlim oβrta maktabida shu maktabning 10-sinf oβquvchisi, Toβrtkoβl Axborot Kutubxona Markazi qoshida tashkil topgan "Onajonim sheβriyat" klubining faol aβzosi Kunslu Rajabovaning "Algβa qadam" sheβrlar kitobining taqdimoti boβlib oβtdi.
Taqdimotni maktab direktori ochib berdi. Tuman XTB mutaxassisi, Qoraqalpogβiston Joβqorgβi Kenesi deputati Zuhra Abdullaeva soβzga chiqib, ijodkor yoshlar koβpayayotganidan xursand ekanligini, bu yoshlar esa oβz izidan uka-singillarini ergashtira oladigan salohiyatli yoshlarboβlib yetishganini qayd qilib oβtdi. Shundan soβng klub rahbari, Toβrtkoβl tuman AKM mutaxassisi Munavvara Yusupova Kunslu dil satrlarining mohiyati haqida toβxtalar ekan, Tabiatni asrash, milliy mentalitetimizga xos qadriyatlar bilan shakllanayotgan isteβdodli haqidagapirdi. Batafsil:https://turtkul.uz/2022/05/25/alga-qadam-sherlar-kitobining-taqdimoti-bolib-otdi/

#Soβnggi_qoβngβiroq β
Toβrtkoβl tumanida joriy oβqish yilida 2439 nafar yoshlarimiz βSoβnggi qoβngβiroqβlar bilan yetuklik shahodatnomalarini qoβllariga olmoqdalar. Shulardan, 30 nafari oltin, 18 nafari kumush medal bilan maktabni yakunlamoqdalar. π’Toβrtkoβl tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW