"Xalqaro muzeylar kuni" munosabati bilan
18-may Xalqaro muzeylar kuniga bag'ishlab, To'rtko'l tumani Madaniyat saroyida joylashgan O.Xudayshukurov muzeyida ochiq eshiklar kuni munosabati bilan Respublika Ma‘naviyat va ma'rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘limi mutaxassisi X.Ibadullaeva, Milliy gvardiya jamoasi, Xalq ta‘limi bo‘limiga qarashli 5-sonli umumta'lim maktabi o‘quvchilari hamda Ibn Sino mahallasi yetakchilari bilan birgalikda muzeyga tashrif buyurdilar. Ishtirokchilar muzey faoliyati O.Xudayshukurov hayoti va ijodi bilan tanishtirildi. 18-may Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan muzey rahbari Y.Abdireimovga Respublika ma‘naviyat va ma'rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘limi tomonidan Tashakkurnoma, Madaniyat bo‘limi rahbari hamda "Tarona" ashula va raqs xalq ansamli tomonidan estalik sovg‘alari taqdim etildi. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
Bugun 18.05.2022 To'rtko'l tumani Bolalar va o'smirlar sport maktabida "Besh tashabbus olimpidasi" doirasida sportning shaxmat, shashka turlari bo‘yicha tuman bosqich musobaqasi bo'lib o'tdi. Musobaqada Turkiston mahallasining yoshlari faxrli o'rinlarni egallab keyingi tumanlararo bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
#Xushxabar
Yosh sportchilar g‘alabasi

Shu yilning 14-15 may kunlari Toshkent shahrida joylashgan Universal sport saroyida sportning ITKF Karate-do turi bo'yicha Osiyo chempionati musobaqasi o'tkazildi. Mazkur musobaqada To'rtko'l tuman Bolalar-o'smirlar sport maktabi shug'ullanuvchilari ham faol ishtirok etishdi. Musobaqa yakunida sportchilarimiz jami 7 ta oltin 4 ta kumush va 7 ta bronza medallarni qo'lga kiritib qaytishdi. Musobaqaga sportchilarni tayyorlashda To'rtko'l tuman Bolalar-o'smirlar sport maktabi trenerlaridan Abdikarimov Erkin , Meretov Ruslan , Meretov Dilmurod va Allamjarova Zamiralar o'zlarining munisib hissalarini qo'shdilar.
Zafar muborak sportchi yoshlar!!! 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
Bugun 18.05.2022 To'rtko'l tumani Bolalar va o'smirlar sport maktabida "Besh tashabbus olimpidasi" doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha tuman bosqich musobaqasi bo'lib o'tdi. Musobaqada 3-o‘rinni 2-sektor hududidan Kaltaminir OFY, 2-o‘rinni 1-sektordan Sho‘raxon OFY jamoasi va 1-o‘rinni 4-sektorning yoshlari faxrli o'rinlarni egallab keyingi tumanlararo bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
#onlayn

"Тўрткўл" маҳалла фуқаролар йиғинида фуқаролар йиғини раиси (оқсоқоли) лавозимига Шуҳрат Беретов ва Дилором Қурбановаларнинг номзоди кўрсатилган бўлиб маҳалла фаоллари ўзлари маъқул топган номзодга овоз бермоқдалар. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
Бошқирдистон делегацияси Оролбўйида

Россия Федерациясининг Бошқирдистон республикаси раҳбари Радий Хабиров бошчилигидаги делегация Қорақалпоғистон Республикасида бўлди.

📍 https://uza.uz/posts/373443

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
⚡️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti To'rtko'l fakultetida Besh tashabbus doirasi bo'yicha o'gil bolalar o'rtasida Mini futbol musobaqasi o'tkazildi.

⚽️ Musobaqada fakultetning 6 jamoasi g'oliblik uchun maydonda kuch sinashdilar;

⚽️Musobaqaning final qismida Iqtosodchilar va Bank ishi jamoalari maydonga tushdilar;

🏆 Bank ishi jamoasi finalda yakdillikda to'p surib, o'z imkoniyatidan unumli foydalanib g'oliblikni qo'lga kiritdi.
📣G'olib jamoalar:
🥇 o'rin - Bank ishi 212
🥈o'rin - Iqtisodiyot 211
🥉 o'rin - Iqtisodiyot 212

Fakultetda sport tadbirlari davom etmoqda. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW