🌐 𝗧𝗢'𝗥𝗧𝗞𝗢'𝗟_𝗣𝗥𝗘𝗦𝗦 / 𝗥𝗔𝗦𝗠𝗜𝗬 𝗞𝗔𝗡𝗔𝗟
11.1K subscribers
62.1K photos
6.84K videos
129 files
19.3K links
Download Telegram
"Xalqaro Oila kuni" munosabati bilan
Bugun «Ullubog‘» OFY da joylashgan 29-sonli umumta’lim maktabida 15-may Xalqaro Oila kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘zining hayot yo‘li va erishgan muvaffaqiyatlari bilan yoshlarga ibrat bo‘la oladigan mehnat faxriylari, tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Jumaboeva, "Mo‘tabar ayol" ko‘krak nishoni sohibalari X.Ibadullaeva va K.Serjanovalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Z. Abdullaeva va mahalla faollari qatnashdilar.
Tadbirda o‘quvchilar rassomchilik, milliy hunarmandchilik, sport sohalari bo‘yicha yutuqlarini namoyish etishdi. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
#Мурожаат_ва_натижа
"Ёшлик" маҳалла фуқаролар йиғинида истиқомат қилувчи 2-гуруҳ ногирони Ҳ. Абдалов туман ҳокимлигидан ўзи учун янги ногиронлик аравачаси зарурлиги бўйича мурожаат қилган эди. Бугун Маҳалла ва нуронийларни қўллаб-қувватлаш бўлими масъуллари томонидан ушбу фуқарога ногиронлик аравачаси олиб бориб топширилди. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
e-auksion.uz: 232 ga yaqin avtotransport vositalarini sotib oling

▪️ Yengil avtomobillar 32 ta (ko'rish)
▪️ Yuk avtomobillar 18 ta (ko'rish)
▪️ Mototsikllar 9 ta (ko'rish)
▪️ Avtobuslar 1 ta (ko'rish)
▪️ Mikro avtobus 2 ta (ko'rish)
▪️ Traktorlar 9 ta (ko'rish)
▪️ Tirkamalar 1 ta (ko'rish)
▪️ Maxsus texnika vositalari 3 ta (ko'rish)
▪️ "O'zpaxtasanoat" AJ avtomobillari 157 ta (ko'rish)


👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Ғаллачиликда бозор механизмларини жорий қилишни давом эттириши юзасидан йиғилиш ўтказилди.
Давлат дон корхоналаридаги айни пайтдаги эскича тизим дон етиштирувчига ҳам, қайта ишловчи корхоналарга ҳам манфаат бермаётгани қайд этилди.
Барча зарур ташкилий ишлар ҳал қилинган ҳолда, 1 июндан бошлаб, ғаллани давлат томонидан сотиб олиш ва сотишда бозор нархларига ўтилиши белгиланди.

Состоялось совещание по дальнейшему внедрению рыночных механизмов в зерновую отрасль.
Подчеркнуто, что существующая старая система работы государственных зерновых предприятий не приносит пользы ни производителям зерна, ни перерабатывающим предприятиям.
Определено, что с 1 июня, после завершения всех необходимых организационных работ, будет совершен переход к рыночным ценам при закупке государством и реализации зерна.

#Mirziyoyev #yigilish #gallachilik #bozormexanizmlari

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Huquqiy-ma’rifiy targ‘ibot - yoshlarni sergaklikka chorlaydi

2022 yil 11-may kuni To‘rtko‘l tumani XTBga qarashli 45-sonli umumta’lim maktabida "Yoshlar orasida giyohvandlik, jinoyatchilikning oldini olish, axborot texnologiyalari va internet resurslaridan to‘g‘ri foydalanish” mavzusi bo‘yicha huquqiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda To‘rtko‘l tuman hokimi o‘rinbosari U.Allabergenov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tumani bo‘linmasi rahbari J.Settiev, tuman IIB XPB VEMB katta inspektori, mayor S.Avezovlar so‘zga chiqib yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida davlatimiz tomonidan bir qancha qonun va qarorlar qabul qilingan bo‘lib bularning ijrosini ta’minlash borasida huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amaliy ishlar muntazam olib borilayotganligini ta’kidlab o‘tdilar.
O‘quvchi yoshlarni qiziqtirgan savollarga mas’ullar javob berishdi. Albatta, jamoatchilik e’tibori va nazoratini kuchaytirish jinoyatchilikning oldini olish, unga barham berishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Darhaqiqat, farzandlarimiz tarbiyasiga mas’ul bo‘lish, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar sog‘lomligini ta’minlash shu yurt farzandi, fuqarosi sifatida barchamizning ham konstitutsion, ham insoniy burchimizdir. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
«Xalqaro hamshiralar kuni» munosabati bilan
Bugun To‘rtko‘l tumani tibbiyot birlashmasi kichik faollar zalida sana munosabati bilan bo‘limlarda faoliyat yuritayotgan hamshiralar rag‘batlantirildi.
Rag‘batlantirish tadbirini tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Z.Xudaybergenov soha vakillariga o‘z tilaklarini bildirdi.
Hamshiralarni kasb bayrami bilan qutlagan shifokorlar bu kasb egalarining tibbiyot sohasida o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidladilar. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW