#qishloq_xo`jaligi

Ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi

Qishloq xo‘jaligi yilning har bir faslidan unumli foydalanishni talab etadi. Shu bois dehqonchilik uchun har bir davr dolzarb bo‘lib hisoblanadi.
Bugun To‘rtko‘l tumani «Otayurt» ovul fuqarolari yig‘ini hududidagi “ To‘rtko‘l Agro klaster tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati dalalarida o‘tkazilgan ko‘rgazmali seminar ham o‘zida muhim jarayonlarni qamrab oldi.
Yerga birinchilardan bo‘lib oq-oltin urug‘larini qadagan dehqonlarimiz bugun unib chiqqan chigitlarga ilk ishlov berish ishlarini boshlab yubordilar.
Joriy qishloq xo‘jaligi yilida tumanda jami 8500 gektar yerga chigit ekish rejalashtirilganbo‘lib, bugungi kunda chigit unib chiqqan dalalarda ilk kultivatsiya ishlovlari boshlab yuborilishi bilan birgalikda har bir gektar yerga 250 kilogrammdan mineral o‘g‘itlar berilmoqda.
Kultivatsiya bo‘yicha ko‘rgazmali seminarda To‘rtko‘l tumani hokimi Rustam Shamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat Agroinspeksiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i Anvar Yuldashev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi paxtachilik va texnik ekinlar bo‘limi boshlig‘i Qo‘ziboy Atadjanov, sektorlar, tegishli tashkilotlar va fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok qildilar.

Bugungi dolzarb mavsumda tumanda 205 ta kultivator, 69 ta otryad shakllantirilgan bo‘lib, mazkur otryadlarga tegishli mas’ullar biriktirilgan.
Olib borilayotgan kultivatsiya ishlarida samaradorlikka erishish va ishchilarni rag‘batnaltirish maqsadida har bir kultivatorchiga 1 qop un, 10 litr yog‘ va 1 mln. so‘m miqdorida pul mablag‘i tarqatilmoqda.
Shuningdek, har bir otryadga bittadan dala sharoitlari, issiq ovqat tashkil qilingan.
Yerning har bir qarichidan unumli foydalanish maqsadida dala chetlariga qovoq urug‘lari ekish ham qizg‘in olib borilmoqda.

🟢To`rtko`l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
1 майдан маҳалла раислари қанча ойлик иш ҳақи олади?

Президентнинг 2022 йил 1 мартдаги ПҚ-147-сон қарорига асосан, 2022 йил 1 майдан бошлаб маҳалла раисларининг ойлик иш ҳақи миқдори у бириктирилган маҳалладаги хонадонлар сонига қараб белгиланади:

— хонадонлар сони 500 тагача бўлган маҳаллада — меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорининг 4 баравари (3 млн 288 минг сўм) миқдорида;

— хонадонлар сони 501 тадан 1000 тагача бўлган маҳаллада — меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорининг 4,5 баравари (3 млн 699 минг сўм) миқдорида;

— хонадонлар сони 1 000 тадан ортиқ бўлган маҳаллада — меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорининг 5 баравари (4 млн 110 минг сўм) миқдорида.
#onlayn

Seminar bo'lib o'tmoqda
Ayni daqiqalarda To‘rtko‘l tumani Tibbiyot kolleji faollar zalida mahallalardagi xotin-qizlar faollari uchun o'quv seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Batafsil:https://turtkul.uz/2022/04/25/mahallalardagi-xotin-qizlar-faollari-uchun-oquv-seminar-bolib-otmoqda/ 🟢To`rtko`l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW