#yashil_makon

Yoshlar ishlari agentligi To‘rtko‘l tuman bo'limi tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasi amalga oshirildi.
Bugun ertalabdan boshlangan aksiyada To‘rtko‘l tuman hokimi R. SHamuratov mahalladagi yetakchilar, faol yoshlar bilan birgalikda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi va mahalla fuqarolari yig‘ini raislari ham ishtirok qildilar.
"Kaltaminor" ovul fuqarolar yig‘ini hududida olib borilgan obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari davomida aksiya ishtirokchilari 1000 tupga yaqin angliya toli ko'chatlari ekish ishlarini olib bordilar.Ma’lumot uchun aytadigan bo‘lsak, ushbu angliya toli hunarmandchilikda keng qo‘llaniladigan xom ashyo turi bo‘lib hisoblanadi. 🟢To`rtko`l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
#qishloq_xo`jaligi

Ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi

Qishloq xo‘jaligi yilning har bir faslidan unumli foydalanishni talab etadi. Shu bois dehqonchilik uchun har bir davr dolzarb bo‘lib hisoblanadi.
Bugun To‘rtko‘l tumani «Otayurt» ovul fuqarolari yig‘ini hududidagi “ To‘rtko‘l Agro klaster tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati dalalarida o‘tkazilgan ko‘rgazmali seminar ham o‘zida muhim jarayonlarni qamrab oldi.
Yerga birinchilardan bo‘lib oq-oltin urug‘larini qadagan dehqonlarimiz bugun unib chiqqan chigitlarga ilk ishlov berish ishlarini boshlab yubordilar.
Joriy qishloq xo‘jaligi yilida tumanda jami 8500 gektar yerga chigit ekish rejalashtirilganbo‘lib, bugungi kunda chigit unib chiqqan dalalarda ilk kultivatsiya ishlovlari boshlab yuborilishi bilan birgalikda har bir gektar yerga 250 kilogrammdan mineral o‘g‘itlar berilmoqda.
Kultivatsiya bo‘yicha ko‘rgazmali seminarda To‘rtko‘l tumani hokimi Rustam Shamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat Agroinspeksiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i Anvar Yuldashev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi paxtachilik va texnik ekinlar bo‘limi boshlig‘i Qo‘ziboy Atadjanov, sektorlar, tegishli tashkilotlar va fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok qildilar.

Bugungi dolzarb mavsumda tumanda 205 ta kultivator, 69 ta otryad shakllantirilgan bo‘lib, mazkur otryadlarga tegishli mas’ullar biriktirilgan.
Olib borilayotgan kultivatsiya ishlarida samaradorlikka erishish va ishchilarni rag‘batnaltirish maqsadida har bir kultivatorchiga 1 qop un, 10 litr yog‘ va 1 mln. so‘m miqdorida pul mablag‘i tarqatilmoqda.
Shuningdek, har bir otryadga bittadan dala sharoitlari, issiq ovqat tashkil qilingan.
Yerning har bir qarichidan unumli foydalanish maqsadida dala chetlariga qovoq urug‘lari ekish ham qizg‘in olib borilmoqda.

🟢To`rtko`l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW