Mahallalar faollari va nuroniylar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda
Hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mahalla tizimi to‘g‘risidagi yangi qaror va farmonlarini targ`ib qilish, shuningdek, may oyida o‘tkaziladigan mahalla raislari saylovlarini tushuntirish maqsadida targ`ibot ishlari davom etmoqda.
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi rahbari A. Atadjanov, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi tuman bo`limi mutaxassisi X.Ibadullayevalar ishtirokida “Otayurt”, “Kaltaminor”, “Paxtachi”, “Oqboshli”, “O`zbekiston”, “Sho`raxon”, “Ko`na To`rtko`l” va “Oqqamish” ovul fuqarolar yig‘inlarida ovuldagi faollar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida targ`ibot ishlari bilan bir qatorda hududdagi fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar va ularning yechimi bo`yicha ham so`z yuritildi. To`rtko`l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
To'rtkol tumanida "Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ`ibotchi" Respublika tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
To'rtko'l tumanidagi 5-sonli umumta'lim maktabidan tayyorlangan lavha.
Qishloq xo‘jaligi mamlakat aholisining oziq-ovqat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarining xomashyo mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadigan sohadir.
Shu bois bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sohasini uzoqni ko‘zlagan holda amalda isloh qilish orqali yerdan unumli foydalanish bilan bozor mexanizmlarini joriy etishda izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, qishloq xo‘jaligining to‘rtta daftari hisobiga kiritilgan piyoz, sabzi, soya va kartoshka mahsulotlarini yetishtirishga ahamiyat qaratilmoqda.
“Sho‘raxon” ovul fuqarolar yig‘inida joylashgan “Ziyo-nurli maskan” fermer xo‘jaligida jami 100 gektardan oshiq yer maydoni mavjud. Bugungi kunda 50 gektar yerga chigit, 15 gektar yerga g‘alla ekish bilan bir qatorda 2 gektar erga kartoshka, 2 gektar yerga soya, 1,5 gektar yerga sabzi va 1 gektarga piyoz va 1 gektardan oshiq yerga poliz mahsulotlari ekildi.
Bugungi kunda fermer xo‘jaligida hududdagi 10 nafardan ortiq ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlangan.
#Onlayn
Aholi orasida tibbiy xizmatning sifatini yaxshilash, kasalliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilish maqsadida bugun tor soha mutaxasislari tomonidan “Otauba” OFY Qizil qum oilaviy shifokorlik punktida tibbiy ko‘rik o‘tkazilib, tavsiyalar berilmoqda. 🟢To`rtko`l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining videoselektordagi topshirig‘iga asosan bo‘sh turgan yerlardan unumli foydalanish maqsadida tumandagi zahkashlarning atrofidagi bo`sh yer maydonlarida qovoq ekish ishlari olib borilmoqda.
Kuni kecha “Sho‘raxon” ovul fuqarolar yig‘inida pillachilikka ixtisoslashtirilgan klaster yer maydonlari yonlaridagi 2 sotix yer maydoniga qovoq ekish ishlari boshlab yuborildi. 🟢To`rtko`l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW