Маhallalarda sudyalar tomonidan sayyor qabul va huquqiy targ'ibot tadbirlari o‘tkazildi
Маhallalarda sudyalar tomonidan sayyor qabul va huquqiy targ'ibot tadbirlari o‘tkazildi

Qоraqalpog‘iston Respublikasi sudi tomonidan 2022-yilning 5-yanvar kuni tasdiqlangan rejaga asosan jinoyat ishlari bo‘yicha Тo‘rtko‘l tuman sudining raisi S.Аtabayev, fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudi sudyasi J.Baltabaeva va Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi Q.Хоjamuratovlar tomonidan 2022-yil 15-yanvar kuni Тo‘rtko‘l tumanidagi “G'аlаbа”, “Do‘stlik”, “Тоzabog'yop”, “Navro‘z” MFY va OFYlarda istiqomat qiluvchi aholi bilan sayyor qabullar tashkil etilib, ularning sud-huquq sohasida o‘z yechimini topmayotgan masalalari va qiynayotgan savollariga batafsil javoblar qaytarildi.
Shuningdek, uchrashuvlar davomida sudyalar tomonidan aholiga jinoyatchilikning oldini olish, uni sodir etishning oqibatlari,odam savdosi va poraxo‘rlik jinoyatlariga birgalikda kurashish bo‘yicha profilaktik tushuntirishlar berildi. SHu bilan bir qatorda ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida qonunchilikdagi yangiliklar va o‘zgarishlar xususida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi «Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini ta shkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-62-sonli, 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etishda chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-sonli qarorining hamda boshqada qonunchilikka kiritilganligi o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida huquqiy targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG |
#TA’ZIYA
Arxeolog va antropolog Telman Xodjayev vafot etdi

Tarix fanlari doktori, professor, arxeolog va antropolog Telman Kasimovich Xodjayev vafot etdi.
Olim 1938-yil 8-martda Qoraqalpog'istonning To'rtko'l tumani Shuraxan qishlog'ida tug'ilgan. Shu kungacha Rossiya Fanlar akademiyasi jismoniy antropologiya bo'limi bosh ilmiy xodimi sifatida faoliyat yuritib kelgan bo'lib, o'zining uzoq yillik ilmiy faoliyatini O'zbekistonda olib borgan.
Telman Xodjayev 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. 100 dan ortiq ilmiy ekspeditsiyalarda ishtirok etgan. Uning rahbarligida bir nechta dissertatsiyalar himoya qilingan. Telman Kasimovich Xodjayevning hizmatlari O'zbekiston hukumati tomonidan munosib baholanib, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti, “Mehnat faxriysi” kabi bir qator medal va mukofotlar bilan taqdirlangan.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To’rtko’l tuman bo’linmasi jamoasi Telman Kasimovich Xodjayevning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi.
Маҳаллаларда ёшлар билан ишлаш тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори

📍
https://uza.uz/posts/338919

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
Об-ҳавонинг кескин совиб кетиши ва қор ёғиши оқибатида туман энергетиклари кучайтирилган тартибда фаолият олиб бормоқдалар.
Жумладан, «ККХЭТК» AЖ тасарруфидаги Тўрткўл туман электр таъминоти корхонаси ишчи-ходимлари томонидан кеча-ю кундуз туманнинг барча ҳудудларидаги трансформатор нимстанцияси оралиғидаги шикастланган ҳаво линияларида таъмирлаш ишларини олиб боришмоқда.
Бу билан ушбу маҳаллаларда истиқомат қилувчи аҳоли истеъмолчиларининг электр таъминоти тубдан янада яхшиланишига эришилади.
Мазкур давомли ишлар аслида ҳар куни белгиланган жойларда режа асосида олиб борилмоқда.
Қолаверса, ҳозирги қишнинг совуқ синовли шароитида аҳоли хавфсизлигини таъминлаш ва аниқланган носозликларни ўз вақтида бартараф этиш «ККХЭТК» AЖ Тўрткўл туман электр таъминоти корхонасининг муҳим мақсад ва вазифаларидан биридир.

🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
Диққат эълон!

Ҳурматли фуқаролар!

Беруний тумани Абай ОФЙ ҳудудида янгидан иш бошлаган "Беруний буғдой кластер" МЧЖ (ун заводи)га иш тажрибасига эга навбатчи электрик мутахассиси зарур.(Ориентир 81-кўприк)

Мурожаат учун телефон: 99 556 16 17

🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG |
#SESSIYA

Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashining navbatdagi VI chaqiriq XXXIX sessiyasi 2022 yil 22 yanvar kuni 09:00 da bo'lib o'tishini ma'lum qilib bildiramiz. Sessiyani To‘rtko‘l tumani hokimligining feysbukdagi quyidagi havolasi orqali to'g'ridan-to'g'ri tomosha qilishingiz mumkin. https://www.facebook.com/turtkultumani.hokimligi

🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG |
Forwarded from Karakalpakstan.uz
Qaraqalpaqstan Respublikası Ministrler Keńesi Baslıǵınıń orınbasarı tayınlandı

👉https://karakalpakstan.uz/qq/news/show/3553

Kanalǵa aǵza bolıw: https://t.iss.one/QResMinistrlerKenesi
Ҳар бир маҳаллада ёшлар етакчиси лавозими жорий этилди

👉 https://xs.uz/uzkr/71473

Расмий саҳифаларимиз 👇

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида давлат мулки объектларини хусусийлаштириш борасида 2022 йилда амалга ошириладиган устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
#ТЕЗКОР #РАСМАН

⚡️⚡️⚡️24 январдан бошлаб ОТМлар ҳам бир ой давомида “Онлайн” фаолият олиб боради

«Соғлиқни сақлаш вазирлиги ва Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги хизматининг таклифига асосан коронавирус инфекциясининг янги штамми болалар ва ёшлар ўртасида тарқалиши юқорилигини эътиборга олган ҳолда барча олий (давлат, нодавлат, хусусий ҳамда хорижий филиаллар) ва профессионал таълим муассасалари, академик лицейларда (барча таълим шакллари ва турлари бўйича) 24 январидан бошлаб, бир ой муддат давомида таълим олиш тизими масофавий (онлайн) шаклда олиб борилади.

Бунда тажрибадан келиб чиққан ҳолда онлайн таълим жараёни сифатли тарзда ташкил этилиб, барча зарур ресурслар сафарбар этилади.

Темирйўл чипталари тариф қисмидан 50 фоиз миқдорида чегирмаларини сақлаб қолинади ва 2022 йил 24 февралга қадар авиа ва темирйўл чипталари бепул тарзда бошқа муддатга алмаштириб берилади».

©️Олий таълим вазирлиги👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEGbbyh7-jOGYrnA1w
Төрткул районында « Уллубоғ, Пахтачи, Дўстлик, Ёшлик, Шўрахон» АПЖ аймақларында 2022-жыл 21-январь күни саат 08:02 ден баслап « Нонкамбинат» фидеринде авариялық жағдайларға байланыслы электр энергиясы менен тәмийинлеў ўақтынша тоқтатылды.
Bog'chalar faoliyati karantin talablari doirasida davom etadi

Maktabgacha ta'lim vazirligining rasmiy xabariga ko'ra yurtimizga koronavirusning "Omikron" shtammi kirib kelishi sababli bog'chalar faoliyati karantin talablari doirasida davom etadi. 2022 yil 12 yanvardan MTTlarda karantin qoidalari kuchaytirilgan bo‘lib, bog'chalar shu qoidalarga amal qilgan holda faoliyatini davom ettiradi.

Тo‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati