2021-yilning 24-25-dekabr kunlari O'zbekiston ''Yoshlik'' jismoniy tarbiya va sport jamiyati To'rtko'l tuman bo'linmasi va tuman xalq ta'limi bo'limiga qarashli umumiy o'rta ta'lim maktablarining erkak ishchi xodim va o'qituvchilar o'rtasida ''Xalq ta'limi bo‘limi mudir kubogi'' uchun voleybol bo`yicha sport musobaqasi bo'lib o'tdi.
Musobaqa yakunida 1-o‘rinni 14-maktab,2-o‘rinni 13-maktab, 3-o‘rinlarni 15-maktab va 29-maktab jamoalari egalladilar. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tuman fermer-dehqon xo'jalik va tomorqa yer egalari raisi B. Masharipovdan mobil intervyu 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG |
"Xalq va armiya-bir tanu bir jondur"

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Qurolli Kuchlar Oliy bosh Qo'mondoni Sh.M.Mirziyoevning 2021 yil 15-dekabrdan 2022-yil 15 yanvargacha bo'lgan davrda O'zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini keng nishonlash to'g'risidagi F-4-sonli farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida Respublika bo'ylab "Xalq va armiya-bir tanu bir jondur" shiori ostida vatanparvarlik oyligi o'tkazilmoqda. Ushbu oylik munosabati bilan bugun tuman xalq ta'limi bo'limiga qarashli 30-sonli umuta'lim maktabida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ularda vatanga bo'lgan sadoqatni shakllantirish maqsadida Baynalminal jangchilari bilan uchrashuv o'tkazildi. Tadbirlar tuman hokimligi, tuman Mudofaa bo'limi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi, tuman XTB va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
#Qaror_va_ijro O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholining kam ta'minlangan qatlamlarini qo'llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi» PQ-56 sonli qaroriga asosan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida davlat siyosati darajasiga ko'tarilayotgan inson qadr-qimmatini ulug'lash, uning huquq va manfaatlarini ta'minlash borasidagi ishlarini yanada kuchaytirish hamda mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga turmush darajasini oshirishga karatilayotgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish, ularni ijtimoiy va moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash hamda kirib kelayotgan Yangi yil bayramini munosib nishonlash uchun sharoit yaratish maqsadida: 2021 yil dekabr oyida “Temir daftar” ro'yxatida bo'lgan oilalarga; 18 yoshga to'lmagan farzandlari bor boquvchisini yo'qotganlik pensiya yoki nafaqasini oluvchi oilalarga 800 ming so'm miqdorida bir martalik moddiy yordam ko'rsatish belgilangan edi. Batafsil https://t.iss.one/turtkulhokim_uz/25277
To'rtko'llik Akmal Srajatdinov "Yil talabasi - 2021" tanlovida g'olib bo'ldi Batafsil : https://turtkul.uz 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG |
#sport
#Qoraqalpog'iston_Respublikasi_chempionati
Munosib ishtirok qilishdi
Shu yilning 22-25 dekabr kunlari Nukus shahrida sportning muaytay turi bo'yicha 2007-2008, 2009-2010, 2011-2012 va 2013-2014 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar o'rtasida Qoraqalpog'iston Respublikasi chempionati musobaqasi o'tkazildi.
Mazkur musobaqada To'rtko'l tuman Bolalar-o'smirlar sport maktabining shug'ullanuvchilari ham faol ishtirok etishdi va 6 ta oltin 2 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo'lga kiritib qaytishdi. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
WEB SAYT | IG | FB | TW |TG |
#Sektor_faoliyatidan Yangi yil sovg'alari ulashildi

To'rtko'l tumani “Ullibog'” OFYda joylashgan 62-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabida bugun Yangi yil bayrami katta tantana bilan nishonlandi. Bolajonlar she’r va qo'shiqlar aytib, kuy va qo'shiqlarga raqsga tushdilar. Bayram tadbiri yakunida faol o'quvchilar 4- sektor rahbari tomonidan yangi yil sovg'alari ulashildi. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG |