Respublika miqyosida o'tkazilib kelinayotgan 25-noyabrdan 10-dekabrgacha "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" 16 kunlik aksiyasiga tumandagi 30-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida ham start berildi. Maktab o'quvchilari o'rtasida turli xil psixologik, jismoniy, iqtisodiy hamda virtual zo'ravonliklarni oldini olish va bartaraf qilish maqsadida maktab jamoasi bilan birgalikda maktab psixologlari M. Uraqboyeva va G. Yo'ldoshevalar o'quvchilar uchun zo'ravonlikka qarshi tadbirlar tashkillashtirishdi. Ertalab o'quvchilar maktabga ko'tarinki kayfiyatda kirishlari uchun "Birdamlik" mashg'ulotlari o'tkazilib sinf xonalariga kuzatildi. Har bir sinfda o'quvchilarga "Bizning maktabimizda zo'ravonlikka yo'l qo'ymaymiz" shiori ostida sinf soatlari o'tkazildi. To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
"Шўрахон" ОФЙда содир бўлган ўта оғир жиноят муҳокама қилинди

2021-йил 4-декабрь күни Тўрткўл тумани “Шўрахон” овул фуқаролар йиғинида туман ҳокими Р.А.Шамуратов, Қорақалпоғистон Республикаси прокурорининг биринчи ўринбосари С.Б.Иматов, Қорақалпоғистон Республикаси Ички ишлар вазирининг биринчи ўринбосари Б.Р.Раджапов ва тумандаги сектор раҳбарлари ҳамда овул фуқаролари иштирокида бугун 4-декабрь күни руҳий ҳолати бузилиши оқибатида содир қилинган қасддан одам ўлдириш каби ўта оғир жиноят муҳокама қилинди.
Йиғилишда бундай жиноятнинг содир бўлишида фуқаролар билан профилактик ишларнинг ҳамда суҳбатларнинг ўз вақтида олиб борилмаганлиги сабаб бўлиши ҳақида сўз юритилди.
Шунингдек, фуқаролар йиғини раислари, уларнинг ўринбосарлари маъмурий ҳудудидаги ҳар бир хонадан ва оила аҳволларидан хабар олинмаганлиги, оилалардаги муаммонинг тўлиқ ўрганилмаганлиги, қўни – қўшниларнинг ҳамсоялари уйидаги нотинчликка эътиборсизлиги натижаси сабаб бўлиши мумкинлиги билдирилди.
Бу ҳолат бўйича йўл қўйилган камчиликлар йиғилишда тўлиқ муҳокама қилинди. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
#yashil_makon
#Dolzarb_40_kun"
Tabiat musaffoligi uchun harakat davom etmoqda
Yurtboshimiz tashabbusi bilan ko'chat ekish bo'yicha "Dolzarb 40 kunlik" loyihasi davomida mevali va manzalari daraxt ko'chatlari ekilmoqda.
Aksiyada tuman rahbari R. Shamuratov, hokim o'rinbosarlari va tashkilotlar vakillari umummilliy loyihaga o'z hissalarini qo'shmoqdalar. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
Декабрь-тарих, тарбия фанлари ойлиги муносабати билан 40-сон ИДУМнинг ўқувчи - ёшлари томонидан "ҚОМУСИМИЗ-ИФТИХОРИМИЗ" мавзусида тадбир ўтказилди. Байрам тадбирида Ўзбекистон Республикаси Конституциясига бағишланган шеърлар, қўшиқлар ижро этилди ҳамда моддалар бўйича саҳна кўриниши намойиш қилинди. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
"Konstitutsiya va ma'naviyat" mavzusida ma'rifat soati o'tkazildi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2021-yil 19 yanvar kungi Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashining videoselektor tarzida o'tkazilgan 3-sonli bayoni 36- bandida barcha korxona, tashkilot va muassasalarda ma'naviy-ma'rifiy, mafkuraviy mavzularga oid "Ma'rifat soatlari"ni o'tish hamda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi o'rtasidagi imzolangan hamkorlik memorandum ijrosini ta'minlash maqsadida 2021 yil 4-dekabr kuni To'rtko'l tuman IIBda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligiga bag'ishlangan "Konstitutsiya va ma'naviyat" mavzusida ma'rifat soati o'tkazildi. Mazkur ma'rifat soatida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi To'rtko'l tuman bo'linmasi rahbari J.Settiev ishtirok qilib, bosh Qomusimiz to'g'risida ma'ruza qildi.
🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati