"Yilning eng faol yoshlar yetakchisi" aniqlanadi

Yoshlar ishlari agentligi To'rtko'l tuman bo'limi, Xalq ta'limi bo'limi hamda Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi bilan hamkorlikda "Yilning eng faol yoshlar yetakchisi" ko'rik-tanlovi tashkil etildi.
Ko'rik-tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad - yoshlar yetakchilarining faoliyat samaradorligini oshirish, ilg'or tajribalarni ommalashtirish, ular o'rtasida hamkorlik va ijobiy raqobat muhitini yaratish, faol, iqtidorli va tashabbuskor yetakchilarni qo'llab- quvatlashga qaratilgan.
🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
Президент Шавкат Мирзиёевнинг 3 декабрь — Халқаро ногиронлар куни муносабати билан Ўзбекистон халқига мурожаати

Telegram | Facebook | Instagram
#E’tibor

3-dekabr "Xalqaro nogironlar" kuni munosabati bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kenesi deputati S.Gichgeldieva 2-dekabr kuni "Sho'raxon"ofy hududida joylashgan XTB ga qarashli 2-,43-sonli maktablarning uyda yakka tartibda ta'lim olayotgan o'quvchilari: A.Azimboev, A.Radjapboev, J.Kosimboev hamda shu hududda yashayotgan bolalikdan nogiron Yu.Usmonova, S.Seydametova xonadanlariga borib xabar olib ularga sovg'a va oziq-ovkat mahsulotlari ulashdi. Shu kuni mehnat faxriysi 2-guruh nogironi E.Radjapovning ham holidan xabar oldi va oziq-ovkat mahsulotlari ulashdi.
Shuningdek, 3-dekabr kuni "Kaltaminor"va"Otayurt"OFY hududlaridagi 9-,20-sonli umumta'lim maktablarining uyda yakka tartibda ta'lim olayotgan o'quvchilari M.Arazgeldieva, R.Xalmuratov hamda "O'zbekiston"OFYda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj,1- guruh nogironligi bo'lgan D.Menliboeva, X.Nurullaev, 2- guruh nogironligi bo'lgan F.Xakimboev, D.Jurabekova xonadanlariga borib sovg'a va oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi.
#ochiq_muloqot
To'rtko'l tumani hokimligida fuqarolar murojaatlarini ijobiy va qonuniy hal qilish maqsadida tuman hokimi o`rinbosarlari hamda tegishli tashkilot mas`ulari ishtirokida ochiq muloqot shaklida qabul tashkil qilindi.
Qabulda fuqarolar tomonidan ijtimoiy va iqtisodiy masalalarga oid 25tadan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlar tahlil qilinib, har tomonlama o`rganib chiqilib, tegishliligi bo`yicha soha mas`ullariga topshiriqlar berildi hamda bajarilishi nazoratga olindi. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистонда 4000 нафардaн oртиқ бeмoр дaстурий гeмoдиaлизгa муҳтoж. Сурункaли буйрaк eтишмoвчилигининг сўнгги бoсқичидa бўлгaн ҳaр бир бeмoр ҳaфтaсигa кaмидa 2-3 мaртa гeмoдиaлиз муолажасини oлaди.

Бу муаммога амалий ечим топиш мақсадида мамлакатимизда буйрaк трaнсплaнтaцияси ривожига давлат даражасида эътибор қаратилмоқда.

Қувонарли жиҳати, эндиликда буйрак кўчириб ўтказиш амалиёти нафақат пойтахтимиз, балки жойларда ҳам муваффақиятли ўтказиляпти.

Хусусан, яқинда академик В. Воҳидов номидаги Республика ихтисослаштирилган хирургия илмий-амалий тиббиёт марказининг малакали мутахассислари Нукус шаҳридаги Республика кўп тармоқли тиббиёт марказида маҳаллий шифокорлар билан биргаликда шундай операцияни амалга оширишди.

Айни пайтда 32 ёшли бемор Бекпўлат Давлетёровнинг ҳам, унга донорлик қилган отаси Ерпўлат аканинг ҳам аҳволи яхши.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.

▶️@ssvuz
▶️@ssvmatbuotkotibi