"Yo'l qoidasi-umr foydasi"

Bugun tuman xalq ta'limiga qarashli 45-sonli umumta'lim maktabida «Vatanparvar» tashkiloti, tuman ichki ishlar bo'limi hamda hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda harakat xavfsizligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Unda tuman hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'limi, O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limidan vakillar,maktabning o'qituvchilar jamoasi va o'quvchilar ishtirok qildilar.
Tadbir jarayonida yoshlarga harakat xavfsizligiga rioya qilish, yo'l qoidalariga rioya qilish inson umrining kafolati mavzularida so'z yuritildi.
Shuningdek, soha mas’ullari ko'rgazmali qurollar orqali o'quvchilarga yo'l belgilari to'g'risida ma'lumot berdilar.🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
Joriy yilning 26-noyabr kuni Namangan shahrida "Yuksalish oyligi" doirasida o'tkazilgan "ACTIVE CHILDREN" ko'rik-tanlovida To'rtko'l tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi to'garak a'zosi Iskandarov Muzrob faxrli 1-o'rinni egalladi va noutbuk bilan taqdirlandi.👉 https://turtkul.uz/?p=2071 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
#yashil_makon
#Dolzarb_40_kun
Yurtboshimiz tashabbusi bilan ko'chat ekish bo'yicha "Dolzarb 40 kunlik" davom etmoqda.
Tumanda kuzning quyoshli, iliq yakshanba kunida ko'chat ekish aksiyasi ko'tariki kayfiyatda hamda uyushqoqlik bilan o'tkazilmoqda. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
#yashil_makon
#Dolzarb_40_kun Aksiya doirasida tuman rahbari R. Shamuratov hamda hokim o'rinbosarlari, hokimlik, korxona va tashkilotlar vakillari tuman markazidagi “Yoshlik” madaniyat va istirohat bog'iga mevali va manzarali ko'chatlar ekishdi. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT