Noyabr-rus tili oyligi

Ushbu oylik munosabati bilan tumandagi ta'lim dargohlarida ochiq darslar o'tkazilmoqda.
Jumladan, bugun tuman xalq ta'limi bo'limiga qarashli 1-sonli umumta'lim maktabida rus tili darsligini o'tish sifatini oshirishga bag'ishlangan loyihaga asosan ochiq dars bo'lib o'tdi.
Yuqori sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan ochiq dars A.S.Pushkin hayoti ijodiga bag'ishlandi.
Dars jarayonida o'quvchidan adibning ijodidan asarlarini yoddan o'qib berdilar. Jamoa bo'lib darsda faol ishtirok qildilar hamda Pushkin asarlari asosida sahna ko'rinishlari ijro qildilar.
Ushbu ochiq darsda Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti dotsenti Nesterova Tatyana Evgenevna, Qoraqalpog'iston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi qoshidagi rus tili va adabiyoti ta'lim markazi uslubchisi Berdibaeva Merigul Maksetovna, tuman hokimligi, xalq ta'limi bo'limi mas’ullari, o'qituvchi ustozlar ishtirok qildilar. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
#yashil_makon
#Dolzarb_40_kun “Долзарб 40 кунлик” доирасида кўчат экиш ишлари давом этмоқда
“Yashil makon” dasturi ijrosi yuzasidan tibbiyot birlashmasi ma'muriyati xodimlari 43- va 44- sonli oilaviy poliklinikalarida ko'chat ekish ishlarini davom qildirmoqdalar.
#Dolzarb_40_kun" Яшил макон" умуммиллий ҳаракати доирасидаги "Долзарб 40 кунлик"да Тўрткўл туманидаги 3-сонли Болалар мусиқа ва санъат мактаби жамоаси ҳам фаол иштирок этиб, мактаб ҳудудига мевали ва манзарали дарахт кўчатларини экмоқдалар.
#online To'rtko'l tumanida mahallalarda Yoshlar ishlari agentligi vakili lavozimiga nomzodlar suhbatdan o'tkazilmoqda.
Suhbat tuman hokimi R. Shamuratov, Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i, senator A. Daniyarov hamda sektor rahbarlari ishtirokida bo'lib o'tmoqda. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT