Пойтахтимиздаги «Пахтакор» марказий стадионида «Save Aral» хайрия акциясининг финал босқичи бошланиш арафасида!

«Янги нафас» спорт ва ижтимоий ҳаракати доирасида ўтказилаётган акция доирасида корхона ва ташкилотлар жамоалари спорт эстафетасида, якка тартибдаги иштирокчилар оммавий хайрия марафонида ўзаро куч синашади.

Telegram | Facebook | Instagram | Web site | You Tubе
#Yashil_makon

KO'RGAZMALI SEMINAR O'TKAZILDI

Bugun yurtimizni obod va ko'rkam yashil hududga aylantirish, tabiatimizni asrash maqsadida Respublika bo'ylab davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy aksiyasi tumanda ham uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
To'rtko'l tumani «Oqboshli» ovul fuqarolar yig'inida “Yashil makon” umummilliy aksiyasi doirasida ko'chat ekish bo'yicha “Dolzarb 40 kunlik” davom etdi. Bu erda davlat zahirasidagi 4,5 ga maydonga jiyda hamda manzarali daraxtlar ekilishi natijasida yashil makonga aylantirish uchun ishlar olib borildi. Bugun ushbu aksiya davomida tumandagi ovul fuqarolar yig'inlari raislari, fermer xo'jaliklari, barcha qishloq xo'jaligi tashkilotlari, fermerlar kengashi xodimlaridan iborat 100 dan ortiq fuqarolar ishtirok etishdi.
Ko'chat ekish bo'yicha “Dolzarb 40 kunlik” doirasida tuman hokimi R.Shamuratov boshchiligida hududga iqlimga mos mevali va manzarali daraxtlar ekildi. Shuningdek, hududni ko'kalamzorlashtirish bo'yicha tegishli soha vakillariga topshiriqlar berildi.
Ko'rgazmali seminar ishtirokchilari «O'zbekiston» ovul fuqarolari yig'inida «Amina momo» fermer xo'jaligidagi 3,5 gektarlik bog'idagi to'qsonbosti sabzavot ekinlari ekilishida ham ishtirok qilishdi.
Ushbu bog'da asosan olma, nok, shaftoli kabi mevali daraxtlar ekilgan bo'lib, bugun bu erda piyoz urug'i va sarimsoqpiyoz ekilishi bo'yicha ko'rgazma tashkil etildi. Ovul fuqarolari yig'ini raislariga xonadonlarda to'qsonbosti ekinlarini ekish ahamiyati, undan olinadigan daromad borasida mutaxassislar tomonidan ma'lumot berildi, mavzu yuzasidan fikrlar bildirilib, savollarga javoblar olindi. Shu bilan birgalikda ushbu ekinlarni ekishda ahamiyat qaratish lozim bo'lgan jihatlar aytilib, keng turda tushunchalar berildi.