2021 yil 2 va 3 oktyabr kunlari Moliya Vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi To'rtko'l tuman bo'limi xodimlari Aholini ijtimoiy qo'llab- quvvatlash hamda pensiya, bolalar nafaqasi va moddiy yordamlarni olish borasida huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tumanimizning barcha hududlarida sayyor qabullarni o'tkazmoqdalar. Uchrashuvda aholiga Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 5 mart kungi 122-sonli qarori hamda 2021 yil 17 avgust kungi 6277-sonli Prezident Farmoni haqida to'liq tushunchalar berildi.
🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
#online
Ayni daqiqalarda To'rtko'l tumanidagi O.Xudayshukurov nomli madaniyat saroyida O'zbekiston, Qoraqalpog'iston, Turkmaniston, Tatariston xalq artisti O.Xudayshukurov tavalludining 77 yilligiga bag'ishlangan "Buyuk hofizga ehtirom" nomli ma'rifiy-madaniy tadbir o'tkazilmoqda. Tadbirni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi To'rtko'l tuman bo'linmasi rahbari Jonibek Settiev olib bordi. Ayniqsa, tadbir jarayonida san’at sohasida faoliyat yuritayotgan "Uch avlod" vakillarining uchrashuvi milliy-ma'naviy meroslarimizga bo'lgan e’tiborning naqadar muhimligi haqidagi hayotiy tafsilotlar qatnashchilarda chuqur taassurot qoldirdi. Tadbirda To'rtko'l tuman hokimi R.Shamuratov, O'zbekiston xalq artisti G'.Eshchanov, O.Xudayshukurov nomidagi jamg'arma raisi I.Sa'dullaev, tuman madaniyat bo'limi rahbari B.Durdiev hamda san’at ixlosmandlari buyuk hofiz hayoti va ijodining Prezidentimiz farmoniga asosan "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlanganligi haqida to'lqillanib gapirdilar.
#Onlayn

Ayni daqiqalarda To'rtko'l tumanida "Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat- ehtirom ko'rsatish xalqimizga xos ezgu fazilat" shiori ostidagi "Keksalar haftaligi" tadbirlari "Sho'raxon" ovul fuqarolar yig'ini hududidagi 2-sonli umumta'lim maktabi binosida o'tkazilmoqda. Tadbirda tuman hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman Kengashi hamda tuman tibbiyot birlashmasi Salomatlik markazidan vakillar ishtirok qilib, qariyalarni qadrlash, e’zozlash hamda sog'lom turmush tarzini tashkil qilish orqali salomatlikni saqlash imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berdilar. Tadbirda maktabning iqtidorli yoshlari chiqishlari ham namoyish etildi.

To'rtko'l tumani hokimligi Axborot xizmati