Shundan keyin mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirishga katta hissa qo'shayotgan, davlatimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna bo'lib kelayotgan, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlik va bag'rikenglikni ta'minlash, yosh avlodni sog'lom va barkamol insonlar etib voyaga etkazish, ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda alohida fidoyilik ko'rsatayotgan 97 nafar hamyurtlarimiz «O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan tantanali ravishda taqdirlandilar. 🟢 To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
Forwarded from Батыр ЕРЕЖЕПОВ
⚡️ССВ: Вакцинация борасида провокацион хабарлар тарқатишдан сақланинг!

Ижтимоий тармоқларда «Наманганда вакцина олган аёл гапирмайдиган, ўрнидан туролмайдиган бўлиб қолди», мазмунидаги хабарлар тарқалди.

🔎 Соғлиқни сақлаш вазирлиги ахборот хизмати маълум қилишича, Наманган шаҳрида яшовчи аёл З.А. билан боғлиқ ҳолат шу вақтнинг ўзидаёқ назоратга олинган. Тезкор ишчи гуруҳ тузилди, вазият бевосита ўрганилмоқда.

Дастлабки ўрганишларга кўра, 1968 йилда туғилган фуқаро З.А. коронавирусга қарши вакцинанинг фақатгина битта дозасини бундан икки ой олдин, яъни жорий йилнинг 28 июнь куни олгани маълум бўлди. Шу маълумотнинг ўзиёқ фуқаронинг соғлиғидаги ўзгариш эмлаш жараёнларига мутлақо боғлиқ эмаслигини аниқ кўрсатади.

Айни дамда фуқаро З.А.нинг ҳолати тўлиқ тиббий назоратга олинган. Вазият юзасидан ўрганишлар якунлангач, қўшимча маълумот берилади.

❗️Шу ўринда Соғлиқни сақлаш вазирлиги бу каби провокацион ва фейк хабарлар тарқатиб, аҳоли орасида вакцинация жараёнларига ишончсизлик пайдо қилишга уринишдан тийилишни сўраб қолади.

Каналга уланиш: 👇
@hudud_inform
#onlayn
#Mustaqillik_30
To'rtko'l tumanida yangi ob’ektlar ochilishi bo'lib o'tmoqda
#Mustaqillik_30
To'rtko'l tumanida yangi ob’ektlar ochilishi bo'lib o'tmoqda
O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlab “Beruniy” mahallasi binosi foydalanishga topshirildi.
Vatan ostonadan boshlanadigan bo'lsa, Mahalla shu Vatanning ustunidir. Zero, xalqimiz azal-azaldan boshqa hech qaysi mamlakatda bo'lmagan qadriyatlarga, an’analarga amal qilib kelmoqda. Mahalla esa ana shu qadriyatlarni birlashtiruvchi maskandir. Shu bois yurtimizda mahallalarga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Tumanimizda 37 ta ovul va mahallalar mavjud bo'lib, unda turli millat vakillari bir oila farzandlari kabi ahil-inoq bo'lib istiqomat qilib kelmoqda.
Tumanimizda mahallalarning faoliyatini yaxshilash uchun fuqarolar yig'inlari binolarini yangi zamonaviy texnika, jihozlar bilan ta'minlab, binolari ta'mirlanib, yangidan qurilib berilmoqda.
Bugun To'rtko'l tumani “Beruniy” mahallasi binosi ochilish marosimida tuman hokimi R.Shamuratov barchani bayram bilan qutladi.Tadbirda faxriylar, faollar ham ishtirok qilmoqdalar. 🟢 To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati

WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT