Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
Маҳаллий ва халқаро кузатувчилар, сиёсий партияларнинг ваколатли вакиллари, оммавий ахборот вакилларининг ҳуқуқ ва мажбуриятлари

〰️〰️〰️〰️

Права и обязанности наблюдателей, уполномоченных представителей политических партий, представителей средств массовой информации

https://t.iss.one/aoka_uz
#Diqqat_èlon

🔰Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida yangi tashkil qilingan Yuridik xizmat koʻrsatish markazlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha e'lon

Batafsil👉https://telegra.ph/Diqqat-elon-08-13

Hujjat topshirish uchun 👇
https://vacancy.adliya.uz/vacancy/98#
Афғонистон билан давлат чегарасидаги вазият ҳақида

2021 йилнинг 14 август куни Афғонистон билан Давлат чегарасининг бўлинмаларидан бирида Афғонистон Қуролли Кучларининг ҳарбий хизматчиларидан иборат 84 кишилик гуруҳ давлат чегарасини кесиб ўтди ва ДХХ Чегара қўшинлари чегара отрядлари томонидан қўл олинди. Чегарани бузганлар қаршилик кўрсатмаган ва кўмакка муҳтожлигини билдирган, жумладан, 3 нафар яраланган шахсга тиббий ёрдам сўраган.

Афғонистоннинг мазкур фуқаролари билан зарур текширув-фильтрлаш жараёнлари ва санитария-эпидемиология тадбирлари ўтказилди, уларнинг айримларига тиббий ёрдам кўрсатилди, шунингдек, озиқ-овқат ва уларнинг вақтинча жойлашиши ташкил этилди.

Шу билан бирга, Термиз-Ҳайратон кўпригининг Афғонистон қисмида Афғонистон ҳукумат кучларининг ҳарбий хизматчилари тўплангани қайд этилди. Бу шахсларга инсонпарварлик ёрдами кўрсатиш чоралари кўрилмоқда.

Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлиги Афғонистон фуқароларининг ватанига қайтиши ва “Термиз-Ҳайратон” кўприги ҳудудидаги вазиятни тартибга солиш борасида Афғонистон томони билан музокаралар олиб бормоқда.

Бундан ташқари, 14 август кун давомида “Термиз-Мозори-Шариф” темир йўл участкасида хизмат кўрсатувчи Ўзбекистон Республикаси фуқароларини ватанга қайтариш ташкил этилди.

Таъкидлаш жоизки, давлат чегарасини қўриқлаш ва ҳимоя қилиш кучайтирилган тартибда олиб борилмоқда, барча зарур хавфсизлик чоралари кўрилган. Термизда хавфсизлик идоралари раҳбарлари ва давлат ҳокимияти органлари вакилларидан иборат тезкор штаб жойлаштирилган.
Ўзбекистон Республикаси Ташқи ишлар вазирлиги баёноти

2021 йил 15 август соат 10.00 ҳолатига кўра, Термиз-Ҳайратон кўприги ҳудудида вазият юмшади.
Хусусан, кўприкнинг Афғонистон қисмида тўпланган Афғонистон фуқароларининг асосий қисми кўприкни ва унга туташ ҳудудни мустақил равишда тарк этган. Бунга фаол сиёсий ва дипломатик саъй-ҳаракатлар, шунингдек, олиб борилган тушунтириш ишлари натижасида эришилди.


Заявление Министерства иностранных дел Республики Узбекистан

По состоянию на 10.00ч. 15 августа 2021 года отмечается разрядка ситуации в районе моста «Термез-Хайратон».
В частности, основная часть граждан Афганистана, скопившихся на афганской части моста, самостоятельно покинула мост и прилегающую к нему территорию. Это стало возможным в результате принятых активных политико-дипломатических мер, а также проведенной разъяснительной работы.
13 - avgust sanasida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog’iston Respublikasi binosida karantin qoidalariga rioya qilgan holda 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo`nalishidan kelib chiqqan holda 2021 yil “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” hududiy yonalishini ta`minlash va O'zLiDeP maqsadlari va vazifalarini amalga oshirish maqsadida ishbilarmon va fermer xotin qizlarning qiziqishlarini oshirish, izlanuvchan, talabchan, mehnatkash xotin qizlarni aniqlash maqsadida “Ishbilarmon ayol - 2021” tanlovining Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy bosqichi o’tkazildi. Tanlovda To’rtko’l tuman “Hunarmand” uyushmasi a`zosi B.Abdullayeva ham qatnashdi va faol ichtiroki uchun rag`batlantirildi. 🟢 To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
#mustaqillik_30
JONIMDAN HAM AZIZ MASKANSAN, VATAN!

(O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi va pandemiya davrida jonbozlik ko’rsatayotgan xalq xaloskorlariga bag’ishlanadi)

Inson yaralibdiki, qalbi hamisha eng latif, eng samimiy, eng go’zal hislar ila tug’yon uradi. Odamzotga bolalikda berilgan do’stlik, muhabbat atalmish muqaddas tuyg’ular hech qachon o’zining buyukligini yo’qotmaydi: bola chog’idan birga ulg’aygan do’stidek insonni umrining keyingi damlarida topolmaydi, ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillariga qo’ygan mehr-muhabbatini keyinchalik boshqa birovga baxshida etolmaydi. Vatan hissi ham shunday. Har qanday kishi shon-u shuhratga burkanib, o’zga diyorlarning maftunkor joylarida bo’lsa ham, do’stlari bilan ko’cha changitib yurgan ko’chasini, onasining bag’ridek issiq Vatanining bir go’shasini sog’inadi. Hech bir maskan unga ona-shahri yoki ona-qishlog’i bergan shirin xotiralar-u, bola baxtini berolmaydi. O’z yoshligini kimki ana shunday xotirlasa, bilingki, uning qalbida ona-yurtiga cheksiz muhabbat bor. Inson nimagaki muhabbat qo’ysa, uni ardoqlaydi va asraydi. Demak, Vatanni ardoqlash va asrash uchun uni, avvalo, seva bilish kerak.

Barchamizga ma’lumki, shu kunlarda yurtimizda va jahonda Covid-19 virusi tarqalgan, dunyoning deyarli barcha burchagi pandemiyani boshdan kechirmoqda. Bu sinovli kunlarda nafaqat xalqimiz, balki butun insoniyat ham odamiylik yo’lida jipslashmoqdalar. Qalblar iymonga talpinmoqda. Bugungi kunning chinakam qahramonlari bo’lgan tibbiyot xodimlari, ichki ishlar xodimlari, volontyorlar tun-u kun xalqning xizmatida turishibdi. Ularni chin ma’noda “Xalq xaloskorlari” deb ataymiz. Savollar tug’iladi: nega ular o’z oilasi bag’rida emas, xavf-xatarga to’la joylarda faoliyat yuritishmoqda? Ularni bu ishga nima majbur qildi? Axir, o’z ixtiyoriga ko’ra tinchgina o’z yaqinlari atrofida yursa bo’lardi-ku! Bunga faqat bitta javob bor: ULAR O’ZBEKISTONNI JONIDAY EMAS, JONIDAN HAM AZIZ KO’RISHADI. Ular saodat maskani va qudrat manbai bo’lgan Vatanimizni baxtsizlik va balodan himoya qilishmoqda. Ko’plarning baxti uchun bir muddat yaqinlar diydoridan olisda yurishibdi. Chunki ULAR O’ZBEKISTONNI JONIDAY EMAS, JONIDAN HAM AZIZ KO’RISHADI. Issiq kunlarda xastalar uchun tik oyoqda, maxsus kiyimda yurib xizmat qilishmoqda. Chunki ULAR O’ZBEKISTONNI JONIDAY EMAS, JONIDAN HAM AZIZ KO’RISHADI. Ba’zilari onajonisini, ba’zilari o’g’il-qizini, aziz xonadonini juda sog’ingan, lekin bundan ko’ra ularga xalqining hayoti muhimroq. Chunki ULAR O’ZBEKISTONNI JONIDAY EMAS, JONIDAN HAM AZIZ KO’RISHADI. Chunki Xalq xaloskorlarining qalbida hozir faqat bitta so’z bor: “Jonimdan ham aziz maskansan, Vatan”.

Sharipboyeva Muborak,

To’rtko’l tumani XTB ga qarashli 22-sonli umumta’lim
maktabining Ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchisi
Forwarded from Joqarǵi keńes.uz
Ўәкиллеримиз «Парламент ойынлары» спорт жарысларында бәрше спорт түринен сыйлы орынларды ийеледи

https://joqargikenes.uz/7270.html
______
Вакилларимиз “Парламент ўйинлари” спорт мусобақаларида барча спорт туридан совринли ўринларни эгаллади

https://joqargikenes.uz/oz/7270.html
#mustaqillik_30
Dastur doirasidagi ishlar

Bugun To'rtko'l tumanida “Obod qishloq” dasturi doirasida “Ko'kcha” OFYdagi 46-sonli maktabda qurilish-ta'mirlash ishlari jadal sur’atlarda bormoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-5048-sonli qaroriga asosan “Real montaj” MChJ tomonidan 1,487 mln. so'mlik loyiha qiymatiga ega qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Maktab 1986 yilda qurilgan bo'lib 624 o'ringa mo'ljallangan.
Bilim dargohida qayta ta'mirlash ishlari natijasida o'quvchilarga zamonaviy shart-sharoitlar yaratishga erishiladi.
Aytib o'tish joizki, bugungi kunda ob’ektda 980,0
mln.so'mlik qurilish ishlari bajarilib, ichki pardozlash ishlari va tom qismini ta'mirlash 70 foiga, issiqlik ta'minoti 100%ga bajarilgan. Hozirgi kunda ta'mirlash ishlariga jami 60 dan ortiq ishchi jalb qilingan bo'lib, maktab yangi o'quv yiliga foydalanishga topshiriladi.
Chet ellarda vaqtincha ishlashni xohlovchi fuqarolar diqqatiga! Batafsil 👉 https://turtkul.uz/?p=1786