Қорақалпоғистондаги 17 нафар ҳоким қайси турдаги вакцинани олишган?

Қорақалпоғистон Республикасининг шаҳар ва туманларида 17 нафар ҳоким фаолият олиб боради. Хўш, Қорақалпоғистонда ҳокимлар вакцина олганми? Kun.uz мухбири мана шу раҳбарларнинг коронавирусга қарши эмлангани юзасидан суриштирув олиб борди.

👉 https://kun.uz/54423699

➡️ Қорақалпоғистон хабарлари
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
To'rtko'l tumanida tibbiy xizmat samaradorligini oshirish borasidagi ishlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog'iston Respublikasi To'rtko'l tumanida navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
To'rtko'l tumanida Сovid-19 kasalligiga qarshi emlash ishlari davom etmoqda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Шавкат Мирзиёев: Азму шижоатли, ватанпарвар спортчи ёшларимиз – энг катта бойлигимиз, миллатимизнинг “олтин фонди”дир

Шавкат Мирзиёев: Целеустремленная, преданная Родине молодежь – самое большое наше богатство, «золотой фонд» нации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Joriy yilning 11 avgust kuni Beruniy tumanida o'tkazilgan “Gimnastika malikasi” Beruniy ochiq birinchiligida To'rtko'l tumani Bolalar va o'smirlar sport maktabining gimnastikachi qizlar jamoasi ham ishtirok etib, yaxshi natijalarni qo'lga kiritdilar:
1-sonli umumta'lim maktabidan Jumaxanova Diana 1- o'rinni, 1-sonli umumta'lim maktabidan Kodirbergenova Nilufar 2-o'rinni,
40-sonli maktab o'quvchisi Nurmamatova Sevinchoy 1-o'rinni,
1-sonli maktabdan Aitmuratova Aida 2-o'rinni,
5-sonli maktabdan Jumanazarova Lobar 2-o'rinni,
40-sonli maktabdan Muxiddinova Shaxsanam 2-o'rinni va
1-sonli maktabdan Ilxomboeva Mavluda 1- o'rinni egaladilar. 🟢
To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
Joriy yilning 14 avgust kuni tuman IIB Faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi podpolkovnik B. Avazmetov tomonidan tuman IIB yosh xodimlariga kasbini ardoqlash, yuksak ahloqiy va fuqarolik mas’uliyatni his qilish ruhida tarbiyalash, ularning ma'naviy-ma'rifiy bilimlarini yuksaltirish hamda siyosiy va kasbiy tayyorgarligini oshirishga ko'maklashish maqsadida ustoz-shogird an’analarini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ma'rifiy tadbir o'tkazildi. 👉 https://turtkul.uz/?p=1781 🟢 To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
Маҳаллий ва халқаро кузатувчилар, сиёсий партияларнинг ваколатли вакиллари, оммавий ахборот вакилларининг ҳуқуқ ва мажбуриятлари

〰️〰️〰️〰️

Права и обязанности наблюдателей, уполномоченных представителей политических партий, представителей средств массовой информации

https://t.iss.one/aoka_uz
#Diqqat_èlon

🔰Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida yangi tashkil qilingan Yuridik xizmat koʻrsatish markazlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha e'lon

Batafsil👉https://telegra.ph/Diqqat-elon-08-13

Hujjat topshirish uchun 👇
https://vacancy.adliya.uz/vacancy/98#
Афғонистон билан давлат чегарасидаги вазият ҳақида

2021 йилнинг 14 август куни Афғонистон билан Давлат чегарасининг бўлинмаларидан бирида Афғонистон Қуролли Кучларининг ҳарбий хизматчиларидан иборат 84 кишилик гуруҳ давлат чегарасини кесиб ўтди ва ДХХ Чегара қўшинлари чегара отрядлари томонидан қўл олинди. Чегарани бузганлар қаршилик кўрсатмаган ва кўмакка муҳтожлигини билдирган, жумладан, 3 нафар яраланган шахсга тиббий ёрдам сўраган.

Афғонистоннинг мазкур фуқаролари билан зарур текширув-фильтрлаш жараёнлари ва санитария-эпидемиология тадбирлари ўтказилди, уларнинг айримларига тиббий ёрдам кўрсатилди, шунингдек, озиқ-овқат ва уларнинг вақтинча жойлашиши ташкил этилди.

Шу билан бирга, Термиз-Ҳайратон кўпригининг Афғонистон қисмида Афғонистон ҳукумат кучларининг ҳарбий хизматчилари тўплангани қайд этилди. Бу шахсларга инсонпарварлик ёрдами кўрсатиш чоралари кўрилмоқда.

Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлиги Афғонистон фуқароларининг ватанига қайтиши ва “Термиз-Ҳайратон” кўприги ҳудудидаги вазиятни тартибга солиш борасида Афғонистон томони билан музокаралар олиб бормоқда.

Бундан ташқари, 14 август кун давомида “Термиз-Мозори-Шариф” темир йўл участкасида хизмат кўрсатувчи Ўзбекистон Республикаси фуқароларини ватанга қайтариш ташкил этилди.

Таъкидлаш жоизки, давлат чегарасини қўриқлаш ва ҳимоя қилиш кучайтирилган тартибда олиб борилмоқда, барча зарур хавфсизлик чоралари кўрилган. Термизда хавфсизлик идоралари раҳбарлари ва давлат ҳокимияти органлари вакилларидан иборат тезкор штаб жойлаштирилган.
Ўзбекистон Республикаси Ташқи ишлар вазирлиги баёноти

2021 йил 15 август соат 10.00 ҳолатига кўра, Термиз-Ҳайратон кўприги ҳудудида вазият юмшади.
Хусусан, кўприкнинг Афғонистон қисмида тўпланган Афғонистон фуқароларининг асосий қисми кўприкни ва унга туташ ҳудудни мустақил равишда тарк этган. Бунга фаол сиёсий ва дипломатик саъй-ҳаракатлар, шунингдек, олиб борилган тушунтириш ишлари натижасида эришилди.


Заявление Министерства иностранных дел Республики Узбекистан

По состоянию на 10.00ч. 15 августа 2021 года отмечается разрядка ситуации в районе моста «Термез-Хайратон».
В частности, основная часть граждан Афганистана, скопившихся на афганской части моста, самостоятельно покинула мост и прилегающую к нему территорию. Это стало возможным в результате принятых активных политико-дипломатических мер, а также проведенной разъяснительной работы.
13 - avgust sanasida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog’iston Respublikasi binosida karantin qoidalariga rioya qilgan holda 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo`nalishidan kelib chiqqan holda 2021 yil “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” hududiy yonalishini ta`minlash va O'zLiDeP maqsadlari va vazifalarini amalga oshirish maqsadida ishbilarmon va fermer xotin qizlarning qiziqishlarini oshirish, izlanuvchan, talabchan, mehnatkash xotin qizlarni aniqlash maqsadida “Ishbilarmon ayol - 2021” tanlovining Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy bosqichi o’tkazildi. Tanlovda To’rtko’l tuman “Hunarmand” uyushmasi a`zosi B.Abdullayeva ham qatnashdi va faol ichtiroki uchun rag`batlantirildi. 🟢 To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
#mustaqillik_30
JONIMDAN HAM AZIZ MASKANSAN, VATAN!

(O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi va pandemiya davrida jonbozlik ko’rsatayotgan xalq xaloskorlariga bag’ishlanadi)

Inson yaralibdiki, qalbi hamisha eng latif, eng samimiy, eng go’zal hislar ila tug’yon uradi. Odamzotga bolalikda berilgan do’stlik, muhabbat atalmish muqaddas tuyg’ular hech qachon o’zining buyukligini yo’qotmaydi: bola chog’idan birga ulg’aygan do’stidek insonni umrining keyingi damlarida topolmaydi, ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillariga qo’ygan mehr-muhabbatini keyinchalik boshqa birovga baxshida etolmaydi. Vatan hissi ham shunday. Har qanday kishi shon-u shuhratga burkanib, o’zga diyorlarning maftunkor joylarida bo’lsa ham, do’stlari bilan ko’cha changitib yurgan ko’chasini, onasining bag’ridek issiq Vatanining bir go’shasini sog’inadi. Hech bir maskan unga ona-shahri yoki ona-qishlog’i bergan shirin xotiralar-u, bola baxtini berolmaydi. O’z yoshligini kimki ana shunday xotirlasa, bilingki, uning qalbida ona-yurtiga cheksiz muhabbat bor. Inson nimagaki muhabbat qo’ysa, uni ardoqlaydi va asraydi. Demak, Vatanni ardoqlash va asrash uchun uni, avvalo, seva bilish kerak.

Barchamizga ma’lumki, shu kunlarda yurtimizda va jahonda Covid-19 virusi tarqalgan, dunyoning deyarli barcha burchagi pandemiyani boshdan kechirmoqda. Bu sinovli kunlarda nafaqat xalqimiz, balki butun insoniyat ham odamiylik yo’lida jipslashmoqdalar. Qalblar iymonga talpinmoqda. Bugungi kunning chinakam qahramonlari bo’lgan tibbiyot xodimlari, ichki ishlar xodimlari, volontyorlar tun-u kun xalqning xizmatida turishibdi. Ularni chin ma’noda “Xalq xaloskorlari” deb ataymiz. Savollar tug’iladi: nega ular o’z oilasi bag’rida emas, xavf-xatarga to’la joylarda faoliyat yuritishmoqda? Ularni bu ishga nima majbur qildi? Axir, o’z ixtiyoriga ko’ra tinchgina o’z yaqinlari atrofida yursa bo’lardi-ku! Bunga faqat bitta javob bor: ULAR O’ZBEKISTONNI JONIDAY EMAS, JONIDAN HAM AZIZ KO’RISHADI. Ular saodat maskani va qudrat manbai bo’lgan Vatanimizni baxtsizlik va balodan himoya qilishmoqda. Ko’plarning baxti uchun bir muddat yaqinlar diydoridan olisda yurishibdi. Chunki ULAR O’ZBEKISTONNI JONIDAY EMAS, JONIDAN HAM AZIZ KO’RISHADI. Issiq kunlarda xastalar uchun tik oyoqda, maxsus kiyimda yurib xizmat qilishmoqda. Chunki ULAR O’ZBEKISTONNI JONIDAY EMAS, JONIDAN HAM AZIZ KO’RISHADI. Ba’zilari onajonisini, ba’zilari o’g’il-qizini, aziz xonadonini juda sog’ingan, lekin bundan ko’ra ularga xalqining hayoti muhimroq. Chunki ULAR O’ZBEKISTONNI JONIDAY EMAS, JONIDAN HAM AZIZ KO’RISHADI. Chunki Xalq xaloskorlarining qalbida hozir faqat bitta so’z bor: “Jonimdan ham aziz maskansan, Vatan”.

Sharipboyeva Muborak,

To’rtko’l tumani XTB ga qarashli 22-sonli umumta’lim
maktabining Ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchisi