TATU | Rasmiy kanali
14.5K subscribers
19.3K photos
2.25K videos
254 files
4.56K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#Magistratura_2022_2023

⚡️Magistraturaga qabul natijalari tasdiqlandi

🌎2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyi qabuli bo‘yicha https://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyidagi qabul natijalari tasdiqlandi.

☝️Talabgorlar magistraturaga qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.

〰️〰️〰️

⚡️Утверждены итоги приема в магистратуру

🌎Полностью рассмотрены заявления зарегистрировавшихся онлайн через электронную систему https://magistr.edu.uz для зимнего приема в магистратуру государственных высших образовательных учреждений на 2022/2023 учебный год.

Итоги январского приема в магистратуру государственных высших образовательных учреждений утверждены соответствующим заключением Государственной комиссии по координации процессов приема на учебу в государственные высшие образовательные учреждения.

☝️О результатах приема в магистратуру абитуриенты могут узнать через личный кабинет на платформе magistr.edu.uz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11👎4😢2
#Magistratura

Magistraturaga o'qishga kirishni xohlovchilarni taklif etamiz.

Joriy yilning 6-aprel kuni soat 11:00 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining majlislar zalida "Dasturiy ta'minotni ishlab chiqishda sun'iy intellekt usullari va vositalari" mavzusida taqdimot bo'lib o'tadi.

🌍Magistraturada o'qishga dunyo bo'yicha TOP500 universitetlari tarkibiga kiruvchi Qozon Federal universiteti bilan birgalikda olib boriladi.

Eslatib oʻtamiz bitiruvchilarga 2 ta diplom beriladi. (TATU-KFU)

📍TATU majlislar zali, 6-aprel soat 11:00 da.

https://t.iss.one/tuituz_official
👍25
#Magistratura
#Hamkorlik

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Qozon Federal universiteti o‘rtasida (1+1) qo‘shma ta’lim magistratura dasturi asosida, dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda sun’iy intellekt usullari va vositalari mutaxassisligiga kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yilning 6-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida va Qozon Federal universiteti bilan hamkorlikda  (1+1) qo‘shma ta’lim dasturiga asosan tashkil etilayotgan 2 yillik magistratura talabalariga, universitetning axborot texnologiyalari va intellektual tizimlar bo'yicha rektor o‘rinbosari I.Maximova tomonidan ma’lumotlar berib o‘tildi va talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

https://t.iss.one/tuituz_official
👍15
#TATU
#Magistratura
#Himoya

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2022-2023-o'quv yili magistratura bitiruvchi talabalarining magistrlik dissertatsiya ishlari himoyalari bo'lib o'tmoqda.

https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81
#Iqtidorli_talabamiz #Magistratura #Grant

🎓Universitetimizning Yoshlar yetakchisi Nurbek Nuraliyev IT sohasida dunyoning TOP-350 universiteti qatoridan joy egallagan Dortmund Amaliy Fanlar Universitetning magistratura bosqichiga grant asosida o’qishga qabul qilindi.

Nurbekni ushbu natija bilan tabriklagan holda, bundanda yuqori marralarga erishishini tilaymiz.

✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍66👏22😁85🔥4😢3👌1😍1👀1
#Magistratura
#Himoya
#DAK
#Qaldirgochlar


🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filialining birinchi qaldirg‘och magistrantlari 👨‍🎓 magistrlik dissertatsiyalarini Davlat attestatsiyasi komissiyasi, ilmiy rahbarlar va ekspertlar ishtirokida himoya qilishdi.

💬 Himoya juda keng muhokama va savol-javob tarzida o‘tdi. Ayniqsa, Turg‘unaliyev Shohruzning “Toshkent viloyati axborot texnologiyalari texnikumining o‘quv jarayonlarini boshqarish axborot tizimi va modellarini ishlab chiqish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi soha va ishlab chiqarish vakillarida katta taassurot qoldirdi.

⚡️ Filialning birinchi magistrant 🎓 qaldirg‘ochlariga kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqqiyatlar tilab qolamiz.

Telegram | 🤩 nbtuit.uz | 🖤YouTube | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍6👏41
#Magistratura
#DAK

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetning "Elektr ta’minoti" (telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlari) mutaxassisligining ilk qaldirg‘och magistrantlarni ishlarini soha korxonalarining yetuk mutaxassislari hamda universitening professorlaridan tashkil topgan Davlat attestatsiya komissiyasi a'zolari tomonidan yuqori baholandi va ushbu ilmiy ishlar natijalarini soha korxonalarida qo'llashga tavsiya etildi.

⚡️ Elektr ta’minlash tizimlari kafedrasining “Elektr ta’minoti” (telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlari) mutaxassisligining birinchi bitiruvchilariga omad tilab qolamiz.

https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🐳2
#Qabul_2023
#Magistratura

⚡️⚡️
Magistraturaga qabul boshlanmoqda

▶️ 2023-yil 1-iyuldan respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish boshlanadi.

✔️ 2023/2024-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy https://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

➡️ Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

📹 Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

👉Sertifikatlar ro‘yxati

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍75😨2😢1👌1
Kvota_Magistratura-2023 Lot..pdf
491.6 KB
#qabul_2023
#magistratura_kvota

⚡️
Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga oʻqishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.

JAMI: 17 128 nafar;
Davlat granti: 8 938 nafar;
Kontrakt: 8 190 nafar.

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot'da

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Magistratura turdosh 2023-signed.pdf
3 MB
#qabul_2023
#magistratura_kvota

⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati

▪️Siz, mazkur roʻyxatdan qaysi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha davlat OTM MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari mosligini bilib olishingiz mumkin.

✔️Shuningdek:

🔹respublikada belgilangan tartibda tashkil etilgan xorijiy davlatlar OTM yoki filiallari hamda nodavlat OTM bitiruvchilari mos (muvofiq) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda qatnashadi;
🔸turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirmagan yo‘nalishlar bitiruvchilari faqat shu ta’lim yo‘nalishi mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashadi.

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot'da

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍4
#Magistratura_kvotalari #Rekord_natija #grant_kvotalari

📈 Bugungi kunda butun dunyo bo'ylab raqamli texnologiyalar barcha tarmoqlar va sohalarda hal qiluvchi rol oʻynamoqda. Muhtaram yurtboshimiz aytganlaridek, "Barqaror rivojlanishga erishish uchun biz raqamli bilimlarni va axborot texnologiyalarini chuqur oʻzlashtirishimiz kerak, bu esa bizga har tomonlama rivojlanishga erishish uchun eng qisqa yoʻldan borishimizga imkon beradi".

👥 Mehnat bozorida tor doiradagi mutaxassislarni yanada ko'paytirish maqsadida, yurtimizda bir qator ijobiy ishlar olib borilmoqda. Bunga misol tariqasida davlat qo'llab-quvvatlashi orqali Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tarixida ilk bor magistratura bosqichi uchun rekord darajadagi davlat grant o'rinlari ajratildi. TATU uchun belgilangan kvotaning 93% dan ziyodi aynan grant (byudjet) o'rinlaridir.

🎓 Aziz bakalavr bitiruvchilari bunday imkoniyatni aslo qo'ldan boy bermang!

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🏆2🎉1
#Magistratura_2023

⚡️ Magistraturaga hujjatlar qabuli o‘z yakuniga yetdi

🔰 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn 20 054 nafar abituriyent ariza yuborgan.

Hozirda kelib tushgan hujjatlar tuzilgan ishchi guruhi tomonidan ko‘rib chiqish jarayonida. Bunda abituriyentlarning bakalavriat diplomi ilovasidagi ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi hisoblanib, yuklangan til sertifikatlarining haqiqiyligi tekshirilmoqda.

Talabgorlar magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali o‘z arizalarining bosqichma-bosqich ko‘rib chiqish holatini kuzatib borishlari mumkin.

Hujjatlar ishchi guruhi tomonidan to‘liq ko‘rib chiqilganidan so‘ng, yakuniy natija yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.
👍6
#qabul #magistratura #natijalar

2023-2024 o‘quv yili uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistraturaga qabul natijalari👇



Результаты приема в магистратуру Ташкентского университета информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми за 2023-2024 учебный год. 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🔥6😨4👀1
#Imkoniyat #xushxabar #PhD #Magistratura #TATU #Filiallar

📊 Dunyoning 5-raqamli muhandislik OTMi va THE dunyo oliygohlari reytingida 168-o'rinda bo'lib turgan Harbin texnologiya instituti (Harbin Institute of Technology)da magistratura va PhD dasturlarida o'qish imkoniyati yaratildi.

🗒 Endilikda Harbin texnologiya instituti TATU va uning filiallari talabalari uchun Xitoy hukumati stipendiya dasturida qatnashgan holda 20 ga yaqin yo'nalishlarda magistratura va PhD dasturlarida tahsil olish imkoniyati yaratildi. Ushbu stipendiya dasturi kontrakt to'lovi, yashash joy xarajatlari, oylik stipendiya va tibbiy sug'urtani o'z ichiga oladi.

📤Dasturga hujjat topshirish so'nggi sanasi: 2024-yil15-fevral

Ma'lumot uchun: TATU Xalqaro aloqalar bo'limiga murojaat qiling. (A bino 226-xona +998712350900)

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👏2
Forwarded from Edu.uz
Sertifikat magistratura 2024.pdf
6.4 MB
#qabul2024 #magistratura #sertifikat

Qaysi yo‘nalishga C1 shart?
Qaysi yo‘nalishga B2 kerak?
Qaysilariga B1 ham bo‘ladi?


2024/2025-o‘quv yilidan boshlab magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati mutaxassisliklar kesimida taqdim etilmoqda (ilova)

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍52👌1👀1
Forwarded from Edu.uz
#Magistratura_2024

⚡️6–8-avgust kunlari magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin


2024/2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul boʻyicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.


🟥Arizalarni koʻrib chiqish natijasida koʻplab murojaatlar turli muayyan (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan, yuklangan hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa sabablar) sabablarga koʻra rad etilgan.

⭐️Shuni inobatga olib, 1–30-iyul kunlari magistr.edu.uz tizimidan magistraturaga oʻqishga kirish uchun ariza yuborgan va kamchiliklar mavjud boʻlganligi sababli arizasi rad etilgan talabgorlarga 6–8-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

☝️Muhim eslatma, xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida boʻlmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar esa koʻrib chiqilmaydi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51
#mandat #magistratura #qabul2024

Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi

2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🎉2
#xalqaro_hamkorlik #magistratura #TATU #AlFarobiy

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bugungi kunda ilmiy va pedagogik faoliyat yo‘nalishlarida jahonning qator yetakchi universitetlari bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

🤝 Ana shunday hamkorlik doirasida Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy Universitetining 2-bosqich magistratura talabalari 2025-yil 31-martdan 12-aprelga qadar TATUda ilmiy-amaliy stajirovkani muvaffaqiyatli yakunladilar.

📚 Stajirovka davomida mehmon magistrantlar universitet infratuzilmasi, zamonaviy o‘quv va amaliy laboratoriyalar, media markazi, kutubxona va boshqa resurslar bilan yaqindan tanishdilar. Ular uchun "Televizion va media texnologiyalar" hamda "Sun’iy intellekt" kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan maxsus ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

🎓 Stajirovka yakunida magistrantlar o‘z dissertatsiya izlanishlari doirasida ilmiy seminar tarzida taqdimotlar namoyish etdilar va universitet tomonidan maxsus guvohnomalar bilan taqdirlandilar.

TATU – ilm, tajriba va innovatsiyalar chorrahasi sifatida xalqaro akademik almashinuv jarayonida faol ishtirok etishda davom etmoqda.

✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍195🔥3🫡1
#ERASMUSplus #INMACOM #ÕquvTrening #Magistratura

⚡️ Joriy yilning 28–29-aprel kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, 30-apreldan 2-may kunlari esa Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan INMACOMInnovative Master’s program in photonics and optical Communications to meet the needs of the telecommunications labour market in Uzbekistan loyihasi doirasida bir haftalik o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda.

🌐 Trening fotonika va optik aloqa magistratura yo‘nalishida laboratoriya tajribalarini o‘tkazish usullariga bag‘ishlangan bo‘lib, u gibrid shaklda tashkil etilgan. Tadbirda Belgiyaning Gent va Vrjie universitetlari, Italiyaning Turin politexnika universiteti professorlari, shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Sh. Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ma’ruzalar bilan ishtirok etishmoqda.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 YouTube 📱 Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8😁4🔥2🤝21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2025 #magistratura

Magistraturaga qabul boshlandi.

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2025/2026 o’quv yilida magistraturaga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan da’vogarlarga qulaylik yaratish, ularning  murojaatlariga malakali javob berish va muhim  ma'lumotlarni taqdim etib borish maqsadida  “Call-center” hamda “Maslahat markazi” faoliyat yuritmoqda.


🔎 Da’vogarlar hujjat topshirishlari uchun Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz (magistr.edu.uz) ning magistratura bo‘limida ro'yxatdan o'tishlari lozim.

📞Da’vogarlar "Call-markaz” ga qo‘ng‘iroq qilib, malakali mutaxassislardan oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishlari mumkin:

📞 +998 71-238-55-55
admission.tuit.uz
📥E-mail: [email protected]

Maslahat markazi (Call-markaz) ish vaqti dushanba-shanba kunlari soat 9:00dan 18:00 gacha.
📌B bino, 1-qavat, Student ofisi.

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2😢1👀1