TATU | Rasmiy kanali
14.4K subscribers
18.9K photos
2.2K videos
253 files
4.43K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#Tarixga_nazar

Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis gʻazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʻlib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Aruz haqidagi risolalasi esa islom qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʻlib qoʻshildi.

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Fargʻona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi.
Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli hokimlar, aka-ukalar, togʻa-jiyanlar, amakivachchalar oʻrtasida hokimiyat ulugʻ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik qilish uchun kurash nihoyat keskinlashgan edi.

📌Tarixiy maʼlumotlarning bayon qilishicha, Boburning Hindistonga yurishida Dehli hukmdori Ibrohim Sulton siyosatidan norozi boʻlgan Panjob hokimlari ham Boburni qoʻllaganlar va Sikri jangidagi bu gʻalaba Boburga Hindistonda oʻz hukmronligini uzil kesil oʻrnatish va Boburiylar sulolasini barpo etish imkoniyatini berdi. Ovroʻpo tarixchiligida “Buyuk moʻgʻullar” nomi bilan “gʻalati mashhur” boʻlgan, aslida “Boburiylar sulolasi” Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qildi.
#TATU
#Team_Building

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati va rahbar xodimlari ishtirokida 2021-2022-o‘quv yili sarhisobi, yangi o‘quv yili rejalari hamda ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil qilish maqsadida "TATU" sport sog'lomlashtirish va dam olish maskanida Team Building o'tkazildi.

🏔Bunday yangicha yondashuv barchani bir joyga jamlab bir jamoa bo'lib ishlashga, fikr almashishga, universitetda ta’lim sifatini yuksaltirishga, professor-o‘qituvchilarning mas’uliyatini kuchaytirishga, o‘z ustilarida doimiy ishlab borishni, mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlarda bevosita qatnashishni, uning mazmun-mohiyatini, avvalo talabalarga, qolaversa xalqimizga yetkazishda faolligini oshirishga turtki beradi.

🎁Bundan tashqari, ko'tarinki ruhda rahbar xodimlar o'rtasida osh musobaqasi hamda turli xil o'yinlar o'tkazildi. Yakunda esa tanlov g‘oliblari munosib taqdirlanishdi.

📸Foto lavhalar
#TATU
#Yosh_olimlar

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Dasturiy injiniringi” fakulteti “ 3-bosqich talabasi Sulaymonov Davron Begimqul o’g’li Qozogʻiston Respublikasining Nur-Sulton shahrida boʻlib oʻtgan “Eng yaxshi yosh olimlar-2022” MDH davlatlari oʻrtasida oʻtkazilagan loyihasida faol ishtirok etib, Qozogʻiston olimlar kongressi tomonidan 1-darajali diplom hamda medal bilan taqdirlandi.

🎉Sulaymonov Davronni erishgan ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan samimiy muborakbod etamiz va kelgusida o’qishlariga omad tilaymiz.
#TATU
#Ramz
#Tanlov

📣📣E'LON! E'LON! E'LON!

📢Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o'z ramzini yaratish bo‘yicha tanlovi 📅2022-yil 31-iyulga qadar uzaytirildi.

🎉Bunday imkoniyatni o'tkazib yubormang!

Tanlovda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ramzi xalqaro miqyosda o‘ziga xosligi va IT industriyada yetakchiligini ifodalovchi eng yaxshi grafik ishlar aniqlanadi.

📌👉Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki sizning barcha o'zgacha fantaziyangiz (robot, hayvonlar, gadjet) universitetga mos keladigan, kreativ yondoshilgan ramzlarning barchasi ko'rib chiqiladi.

👩‍🎓👨‍🎓Tanlovda barcha oliy ta'lim muassasalarining talabalari qatnashishlari mumkin.

Ishtirok
etmoqchi bo‘lganlar 2022-yil 31-iyulga qadar ariza, o‘z g‘oyalari tasviri va konsepsiyasi bilan birgalikda [email protected] elektron manziliga hamda (+998 88) 343-99-39 raqamiga telegram orqali yuborishlari kerak.

👉Batafsil ma'lumot

https://t.iss.one/tuituz_official
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti hududida “Favqulodda vaziyatlar yuz berganda harakatlanish, is gazidan zaxarlanish va yong‘in xavfsizligini oldini olish” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Toshkent shahar Yunusobod tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Askar Kenjaqulov so'zga chiqib, bugungi kunda Respublikamiz hududida sodir bo‘layotgan Favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlari kichkina e’tiborsizlik sababli butun boshli yashash binolari yoki ishlab chiqarish zonalari bir zumda yonib kul bo‘layotganligi, so‘ngi yillarda yong‘inlar va is gazidan zaxarlanish ko‘payib borayotganligi, buning oqibatida insonlar turli darajada tan jarohat olib hayotlari uchun xavfli holatlarga tushib qolayotganliklari haqida gapirib o'tdilar.

Professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlarga Favqulodda vaziyatlar yuz berganda harakatlanish, is gazidan zaxarlanish va yong‘in xavfsizligini oldini olish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.
#foydali_tavsiyalar

Kitobni qanday qilib yaxshiroq eslab qolish mumkin?🧐

Agar vaqtni tejab, uni yoqimli oʻtkazishni istasangiz, boshqa ishlar bilan shugʻullanish vaqtida audiokitob tinglang. Biroq matnni eslab qolishingiz zarur boʻlsa, uni mustaqil tarzda oʻqing. Yaxshisi ovoz chiqarib oʻqigan afzal.

Yanada samarali eslab qolish uchun barchaga maʼlum usullardan foydalaning: kerakli joylarning tagiga chizing, kitobni doʻstlar bilan muhokama qiling, asosiy fikrlarni koʻchiring, oʻqiganlaringizni hayotda qoʻllang. Ana oʻshanda kitob oʻqish uchun ketkazilgan vaqt oʻzini ikki barobar oqlaydi.
#TATU
#TABRIK

Bugun Ilmiy tadqiqot bo'limi boshlig'i Berdanov Ulug'bek Abdumurodovichning tug'ilgan kunlari!

🎁Shu munosabat bilan Universitet nomidan sizga sog'lik-salomatlik va uzoq umr tilaymiz!
#Bilasizmi #Qabul2022
my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini yo‘qotgan yoki parolini unutgan abituriyentlar qanday yo‘l tutishlari lozim?!

1️⃣
my.dtm.uz saytiga kirish uchun parolni unutgan abituriyentlar:

my.dtm.uz saytida “Parolni tiklash” funksiyasi mavjud bo‘lib, abituriyentlar mazkur funksiyadan foydalangan holda o‘z parollarini yangilashlari mumkin.

— — —

2️⃣ my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini yo‘qotgan abituriyentlar:

my.dtm.uz saytida “Telefon raqamni almashtirish” funksiyasi mavjud bo‘lib, abituriyentlar mazkur funksiyadan foydalangan holda o‘z telefon raqamlarini yangilashlari mumkin.

— — —

3️⃣ Ham telefon raqamini yo‘qotgan, ham parolini unutgan abituriyentlar:

Mazkur holatda abituriyent shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan Davlat test markazi yoki uning hududiy bo‘limlaridan biriga murojaat qilishi mumkin. Bunda Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan abituriyentning telefon raqami o‘zgartirib beriladi.

Shu o‘rinda abituriyentlardan ro‘yxatdan o‘tishda diqqatli bo‘lishlarini va o‘z telefon raqamlari orqali ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz.
✍️Alisher Navoiy haqida qiziqarli ma'lumotlar

🔹Navoiy hazratlari 7 yoshida Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini yoddan bilganlar.

🔹Alisher Navoiy turkiy tilda yozgan she’rlariga Navoiy, forsiy tildagi she’rlariga Foniy deb taxallus qo‘yadi. Shoirning forsiy she’rlar to‘plami «Devoni Foniy» deb nomlangan.

🔹Navoiy taxminan 18-19 yoshlarida Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi. Jomiy uni ham farzand, ham shogird sifatida qadrlaydi. Keyinchalik bu ikki ulug‘ shoir o‘rtasidagi ustoz va shogirdlik munosabatlari yanada mustahkamlanib, ijodiy hamkorlikka aylanadi.

🔹Samarqand Navoiyning hayoti va ijodida muhim ahamiyat kasb etadi. Alisher 1464 yilda Samarqandga keladi va bu yerda madrasada tahsil olib, ilm-fan, adabiyot va san’at bilan tanishadi.

🔹Navoiy o‘z jamg‘armasi hisobidan Hirotda va butun Xuroson mamlakatida 300 dan ortiq inshootlar qurdirgan.

🔹Navoiy asarlarida Farhod – komil inson timsolidir. U bolaligidan ilmga chanqoq bo‘ladi va bir marta o‘qigani sira yodidan chiqmaydi. Farhod o‘n yoshga yetganda hamma ilmlarni egallab bo‘ladi.

🔹Alisher Navoiy o‘smirlik yillarida o‘zi sevgan shoirlarning 50 ming baytdan ortiq she’rlarini yod bilgan.
Assalomu alaykum hurmatli do'stlar!

Xabaringiz bor ijtimoiy tarmoqlarda TATUning to'lov kontrakt summalari oshirilganligi haqida har xil gaplar tarqalgan. Shuning uchun barcha ma'lumotlarni rasmiy manbaalardan olishingizni so'rab qolamiz.
Rasmiy manba: 👉https://tuit.uz/bakalavriat-kunduzgi

E'tiborli tomoni shundaki, IT universitetlarning aksariyati 30 mln so'm atrofida, shunga qaramay TATU ma'muriyati talabalar ehtiyoji va ijtimoiy holatidan kelib chiqib "insof" bilan 2 ta toifa to'lov kontrakt shartlarini joriy qilgan.
1-Stipendiyali;
2-Stipendiyasiz.

Odamlar "xayp" uchun faqat stipendiyali va eng qimmat narxini ko'rsatishmoqda. Vaholanki 79% dan ko'p talabamiz stipendiyasiz kontrakt to'lashga o'rgangan, ularga narxlar: 16 700 000 so'm,15 300 000 so'm atrofida...

Shuning uchun TATUga har xil tosh otishdan manfaatdor shaxslarga va o'z obunachilarini faqatgina negativ ma'lumotlar chiqarish orqali ko'paytirish ilinjida bo'lgan qo'shtirnoq ichidagi divan tanqidchilarga ishonib qolmang.

Yana bir eng asosiy masala (Xush xabar), yuqoridagi oshirilgan to'lov kontrakt summasi faqat yangi abituriyentlarga tadbiq qilinadi, ya'ni o'qib turgan talabalarimizga emas, hozirgi mavjud talabalarimiz davlat tomonidan belgilangan to'lov kontrakt asosida o'qishni davom ettirishlari mumkin!

👉Qo'shimcha savollarga @tatu_rasmiy_bot ushbu bot orqali javob olishingiz mumkin!


Rus / Eng / Ger