TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.92K videos
251 files
4.12K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
📌 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!

✔️ Bugungi kun munosabati bilan barcha soha vakillarini chin dildan muborakbod etamiz!
Amity universiteti, Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi bilan hamkorlikda “Frilanserlikka birinchi qadam” mahorat darslari tashkil etilmoqda

Frilanser sohasidagi yetakchi mutaxassislar:

▪️Zafarbek Ibragimov – TechCells va IT Stars asoschisi

▪️Munira Begmuratova – Toptal Talent networkda katta muhandis-dasturchi va O‘zbekistondagi Toptal Community yetakchisi

▪️Abdusattor Abdurahimov – Dizipro asoschisi, IT-tadbirkor

Yoshlarning IT sohasidagi ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘z tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashib, Upwork, Fiverr va boshqa ko‘plab xorijiy platformalar bilan ishlashda yordam beradilar.

Dastur 3 yo‘nalish bo‘yicha keng qamrovli mahorat darslarini o‘z ichiga oladi:
•️ Dasturlash;
•️ Dizayn;
• Loyiha boshqaruvi / Tarjima.

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!
🔗RO'YXATDAN O'TING

Oʻtkazilish joyi: Amity universiteti
O‘tkazilish sanasi: 2-iyul
Batafsil ma’lumot:
+998 55 501 03 02
(Ichki raqam - 25)
#TATU
#Islohotlar_bilimdoni
#Taqdirlash

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-maʼrifiy koʻrik-tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Kо‘rik-tanlov quyidagi nominatsiyalar bо‘yicha taqdirlanishdi:
1.“Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi”;
2.“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha eng yaxshi kafedra”;
3.“Eng yaxshi tyutor”;
4.“Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi”;
5.“Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi”.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Sun'iy_intellekt
#Ko'rgazma

🏛Raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalari ko'rgazmasi
#MITC
#TATU
#Xakaton_taqdirlash

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo'lib o'tgan sun’iy intellekt yo‘nalishida “Computer Vision AI Challenge” xakaton g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

🔹Xakatonga Toshkent shahri va O‘zbekistonning turli viloyatlaridan 300 ga yaqin ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 200 ga yaqini xakatonda ishtirok etish uchun saralab olindi.
🔹Xakatonning asosiy mavzusi — kompyuterni ko‘rish. Kompyuterni ko‘rish — bu sun’iy intellekt sohasi bo‘lib, u kompyuterlarga vizual dunyoni sharhlash va tushunishni o‘rgatadi. Raqamli kamera tasvirlari, video va chuqur o‘rganish modellari yordamida kompyuter obyektlarni aniqlaydi va tasniflaydi.

Har bir jamoa 3 kishidan iborat bo‘lib, xakatonda ishtirokchilar 2 kun ichida kompyuter ko‘rish texnologiyalari asosida raqamli mahsulot yaratishlari kerak bo‘ladi.

Batafsil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MITC
#TATU
#Xakaton_taqdirlash

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo'lib o'tgan sun’iy intellekt yo‘nalishida “Computer Vision AI Challenge” xakaton g'oliblarini taqdirlash marosimidan video lavha🎥

YouTube HD
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IT_rivoji
#Xorijiy_mutaxassis_fikri

🇺🇿O'zbekiston IT sektorining bugungi rivoji haqida xorijiy mutaxassis fikri. (Koreya Respublikasining Halla Universiteti professori - Seungjik Lee)

💻YouTube
🏛Bugun, 28-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari ishtirokida "Konstitutsiyaviy islohotlar talaba-yoshlar muhokamasida" mavzusida davra suhbati o'tkazildi

Davra suhbatida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Joldasova Shahnoza Batirovna va Yoshlar parlamenti a'zolari yoshlarga Konstitutsiyamizni o'zgartirishga doir takliflar, jarayonlar va tashkiliy masalalar bo'yicha batafsil so'zlab berishdi.

Uchrashuv davomida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollar va takliflari bilan o'rtoqlashdilar.