TATU | Rasmiy kanali
14.5K subscribers
19K photos
2.21K videos
253 files
4.46K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
🏛Joriy yilning 28-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKT sohasida kasb ta'limi fakulteti “Axborot ta'lim texnologiyalari” kafedrasi tomonidan Nizomiy nomidagi TDPU “Umumiy psixologiya” kafedrasi dosentlari, p.f.n. R. M. Abdullaeva va U.S. Saribaevalar bilan “Muvaffaqiyat sari yol” mavzusida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvda kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalar faol ishtirok etishdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga psixologlar tomonidan kerakli javoblarni olishdi. Uchrashuv jarayonida talabalar psixologiyani o‘quv faoliyati, shaxsiy hayot, kelajakdagi mehnat faoliyatida qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi to‘g’risida yanada chuqurroq tushuncha va bilimlarga ega bo‘lishdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Энг яхши стартаплар 50 минг АҚШ долларигача инвестиция жалб қилиши мумкин!

Агар сизга тайёр лойиҳани ишга тушириш бўйича мутахассис ёрдами керак бўлса, «AloqaTech Lab» корпоратив акселераторига сўров йўлланг!

«AloqaTech Lab» – уч ойлик корпоратив акселераторида стартап ғояга эга бошланғич ҳамда бизнес-модел ва MVPси ривожланган тажрибали жамоалар лойиҳаларни ишга туширишда техник, молиявий ва маркетинг ёрдамга эга бўлади.

Йўналишлар:
• молия технологиялари;
• электрон тижорат;
• булутли технологиялар;
• сунъий интеллект.

Виртуал иштирок этиш формати ҳам мавжуд.

Лойиҳа якунида энг яхши стартаплар 50 минг AҚШ долларигача инвестицияларни жалб қилиши мумкин.

Aризалар 6 майгача aloqatechlab.uz ҳаволаси бўйича қабул қилинади.
#TATU
#Talaba_yoshlar

🇺🇿🇺🇿 Yunusobod dehqon bozorida "9-may Xotira va qadrlash kuni"ga bag'ishlangan “Sharaf lentalarini tarqatish” aksiyasida 🏛Universitetimiz yoshlari faol ishtirok etishdi.
#Zakovat
#TATU
#Nurafshon_filial

Ayni damda filialimiz Zakovat klubi a'zolari 🏛Chirchiq davlat pedagogika institutida Toshkent Viloyati oliy ta’lim muassasalari o'rtasida bo'lib o'tayotgan Zakovat turnirida ishtirok etishmoqda. Filial jamoasi va barcha talabalarimiz nomidan 🎩🎓Zakovatchilarimizga ulkan 🌟🏆zafarlar tilaymiz!
“Xalqaro AKT sohasida ayollar kuni”ga bag‘ishlab xotin-qizlar bilan muloqot bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bir qator ayol professor-o'qituvchilar, talaba-yoshlar hamda TATUda faoliyat boshlagan IT-Women.uz loyihasining bitiruvchilari faol ishtirok etishdi.

👉https://tuit.uz/post/xotin-qizlar-bilan-muloqot-bolib-otdi

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#TATU
#Master_klass

🏛Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida VRonica, MegaSonic va GameDev Goethe loyihalar asoschisi Akmal Salihov bilan "O'yinlar qanday yaratiladi" mavzusidagi master-klass bo'lib o'tdi

Master klass davomida o'yinlarni yaratishda nimalarga ahamiyat berish, qaysi platformalardan foydalanish va o'yinlar ishlab chiqish orqali talabalar o'z iqtisodiy ahvollarini yaxshilash uchun nima qilish kerak ekanligi haqida atroflicha ma’lumotlar oldilar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Kelajakka_yo'l

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 📺"KELAJAKKA YO'L" maxsus lavha.

YouTube
#TATU
#Bo'sh_ish_o'rinlar

Bo'sh ish o‘rinlariga ishga qabul qilish jarayonlari to‘g’risida uchrashuv o'tkaziladi.

Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Unitel" MCHJ (Beeline) korxonasi xodimlari ishtirokida talabalarni amaliyotga jalb qilish va bitiruvchilarni bo'sh ish o‘rinlariga ishga qabul qilish jarayonlari to‘g’risida uchrashuv o'tkazildi.

👉https://tuit.uz/post/bosh-ish-orinlariga-ishga-qabul-qilish-togrisida-uchrashuv-otkaziladi

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#TATU
#Urganch_filial
#Ilmiy_amaliy_anjuman

ITNT-2022 mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘z faoliyatini boshladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikdagi 2022-yilning 29-30-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan “Axborot texnologiyalari, tarmoqlar va telkommunikatsiyalar” - ITNT-2022 mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘z faoliyatini boshladi.

👉https://tuit.uz/post/itnt-2022-mavzusidagi-xalqaro-ilmiy-amaliy-anjumani-oz-faoliyatini-boshladi

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#TATU
#Samarqand_filial

Bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining kichik faolar zalida Samarqand viloyati hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Begzod Raxmatullayev boshchiligidagi hokimiyat vakillari bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

👉https://tuit.uz/post/bitiruvchi-talabalar-bilan-uchrashuv-otkazildi

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube