TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.3K photos
1.96K videos
251 files
4.14K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
Sun’iy intellekt bo’yicha Bepul ochiq dars

Axborot texnologiyalar olamining Sun’iy intellekt yo’nalishiga qiziquvchilarni navbatdagi offline ochiq darsimizga taklif qilamiz.

Ochiq darsda Janubiy Koreyaning 🇰🇷«SmartC&S» kompaniyasida ishlovchi, tajribali AI bo’yicha mutaxassis Botir Karimov bilan «Sun'iy intellekt va uning imkoniyatlari» haqida bafurja suhbatlashamiz.

📌Eslatma! TATU, INHA, AMITY talabalariga hamda ITga ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilariga maxsus jamg’arma hisobidan pul mablag’lari moliyalashtiriladi.

🗓 5-mart (Shanba), 20:00da
👉 Offline uchun ro'yxatdan o'ting!
🖥 Online qatnashish uchun link!
📞 95-340-10-70

📍 Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bog’ishamol ko’chasi 8B
🕌 Mo’ljal: Mirza-Yusuf (Bodomzor) masjidi
#TATU
#Ekskursiya

🏛Joriy yilning 4-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani 5 va 12-umumta’lim maktablarining o‘qituvchilari va o‘quvchilari tashrif buyurishdi.

Unda universitetning “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring” bo‘limi va “Televizion texnologiyalar” fakulteti bilan birgalikda maktab o‘quvchilariga universitet bo’ylab ekskursiyalar tashkil etish orqali ARM, o'quv va ilmiy labaratoriyalar, ma’ruza zallari va talabalar bilan o’tkaziladigan dars jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi hamda o‘quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollar va oliy ta'lim muassasasiga kirishdagi imkoniyatlar to’g’risida aniq ma’lumotlar olishdi.
#TATU
#Urganch_filiali
#Medal

🇺🇿O'zbekiston Respulikasi Prezidentining farmoni

🏛8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari univeristeti Urganch filialining magistratura 2-bosqich talabasi Palvonova Sevara Bahromovna "Kelajak bunyodkori" medali bilan taqdirlandilar.

Har sohada faol, intiluvchan bo‘lgan talabamiz Palvonova Sevarani ushbu yuksak e’tirof bilan chin dildan tabriklaymiz. Kelgusidagi faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz.
#TATU
#Urganch_filiali
#Medal

🇺🇿O'zbekiston Respulikasi Prezidentining farmoni

🏛8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari univeristeti Urganch filiali 971-18-guruh talabasi Matmuratova Muqaddas Karimovna "Shuhrat" medali bilan taqdirlandilar.

Har sohada faol, intiluvchan bo‘lgan talabamiz Matmuratova Muqaddas Karimovnani ushbu yuksak e’tirof bilan chin dildan tabriklaymiz. Kelgusidagi faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz.
#TATU
#Davra_suhbat

🏛Joriy yilning 5-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Radio va mobil aloqa fakulteti dekani X.Nosirov va kafedra mudiri X.Madaminov Yunusobod tumanidagi 150-maktabida "Kasbim faxrim" shiori ostida davra suhbati o'tkazildi.

Tadbir so‘ngida o‘quvchilar tomonidan berilgan savollariga kerakli javoblar berildi.