TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.2K photos
1.94K videos
251 files
4.14K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#TATU
#NUKUS_FILIAL
#IT_TEXNIKUM

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Nukus shahrida bo’lib, universitetning Nukus filiali hamda uning qoshidagi akademik litsey va talabalar turar joylarini ko’zdan kechirdi.

Shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o’rinbosari Y.Atashev, Axborot texnologiyalari vazirligining hududiy boshqarmasi boshlig‘i Т.Bayekeyev bilan birgalikda Nukus shahridagi IT-texnikumning o‘quv yilini boshlashga tayyorlik holati o’rganildi.
#TATU
#NUKUS_FILIAL

🏛Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialida 1- kurs talabalari ishtirokida sportning Mini Futbol sport turi bo'yicha o'g'il bolalar orasida bellashuv o'tkazildi.

Maqsad, yoshlarning bosh vaqtini mazmunli o'tkazish, sog'lom turmush tarzini takomillashtirish va Mini Futbol sport turi bo'yicha filialning saralangan komandasini tuzishdan iborat.

🏃‍♂️Qizg'in bellashuvlarga boy bo'lgan musobaqada

🥇- " Dasturiy injiniringi"
🥈- "Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta'lim"
🥉- "Raqamli iqtisodiyot" komandalari g'olib deb topildi va "Faxriy yorliq" bilan mukofotlandi.🏆

TATU Nukus filiali matbuot kotibi
#TATU
#Nukus_filial
#Korrupsiya

🏛Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialimizda Zoom platformasi orqali BMTning Taraqqiyot dasturi hamda KPMG xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan "O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to'qnashuvini boshqarish" mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

📌Seminar-treningda avvalo korrupsiya tushunchasi, uning sohaga zararli tomonlari va oldini olish kabi masalalar haqida so'z bordi.
#TATU
#Nukus_filial
#Davra_suhbat

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filial direktori t.f.d., professor B.Kaipbergenov, filial Xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti raisi X.Omarova, Kasaba uyushmasi raisi M.Pirnazarovalar boshchiligida filial talaba-qizlarimiz orasida davra suhbat tashkil etildi.

Maqsad talaba-qizlarga odob-axloqiga eʼtibor qaratish hamda talaba-yoshlarning oʻqishdan tashqari boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish barcha masʼullarning bugungi kundagi eng muhim vazifalaridan biri ekanligini taʼkidlab o'tildi.
#TATU
#Nukus_Filial
#Memorandum

🌐Malayziyaning ta'lim sohasidagi Tasbeeh kompaniyasi va TATU Nukus filiali o'rtasida Memorandumga qo'l qo'yildi.

📚Memorandumdan maqsad, filialimiz professor-o'qituvchilari va talabalari uchun Cambridge Assessment English o'quv markazi tomonidan xalqaro tan olingan CEFR va IELTS kurslariga tayyorlaydi, ingliz tilini mukammal o'rganish imkonini beradi.

Shartnomaga ko'ra, bugungi kunda ingliz tiliga bo'lgan talabning ortib borishi, magistratura bosqichida IELTS sertifikatlarining talab etilishi, shuningdek, har bir sohaga chet tillarining joriy etilishini inobatga olgan holda Tasbeeh kompaniyasi bilan birga TATU Nukus filialida Cambridge Assessment English o'quv markazining tayorlash kurslarini tashkil etish nazarda tutilgan.
#TATU
#Nukus_filial
#Yoshlar_agentligi

🔹Yoshlar ishlari agentligi, Mikrokredit va O'zbekiston Yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi hamkorligida 3.5 mlrd so'm qiymatga ega IMKONIYAT loyihasi tashkil etildi. Unda ekspertlar tomonidan maqul deb topilgan 70ta loyihaga 6 oylik imtiyoz davri bilan 3 yil muddatga qaytarib berish sharti bilan 50mln so'm 0%li investitsiya(ssuda) mablag'lari ajratiladi.

🏛Ushbu loyihada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali 2-kurs magistranti Aldebayev Asqar o'z loyihasi bilan ishtirok etib, g'oliblar safidan joy oldi.

Universitet nomidan Asqar Aldebayevni erishgan yutug'i bilan chin dildan tabriklaymiz va shu kabi faol yoshlarimiz safi ko'payishiga tilakdoshmiz.
#TATU
#NUKUS_FILIAL
#Yil_volontyori

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali Kompyuter injiniring fakulteti talabasi Jangabaev Raxat joriy yilning 17-19-dekabr kunlari Jizzah viloyati Zomin oromgohida «Biz birgamiz» shiori ostida o'tkazilgan III Volontyorlar forumida faol qatnashib YIL VOLONTYORI laureati va 10 000 000 so'm pul mablag'ini qo'lga kiritdi.
#TATU
#Nukus_filial

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialida Zoom platformasi orqali videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

➡️ Yig'ilish Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o'rinbosari K.X.Karimov rahbarligida tashkil etilib, unda oliy ta'lim muassasalari talabalarining qishgi ta'tildan qaytishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish va o'quv jarayoniga tayyorgarlik kórish masalalari haqida so'z bordi.

Shuningdek, yig'ilishda talabalarning qishgi ta'til muddatlarining uzaytirilganligi, barcha tadbirlar online holda o'tkazilishi va ta'tilda talabalarning bo'sh vaqtlarini muntazam ravishda nazoratga olish masalalari bo'yicha topshiriq va vazifalar belgilab olindi.
#TATU
#Nukus_filial
#Yil_volontyori


«O‘zbekiston Yoshlari Forumi - 2021» doirasida, 17-19-dekabr kunlari, Jizzax viloyatining “Zomin” dam olish oromogohida, III Respublika volontyorlar forumi bo‘lib o‘tdi

🏛Xususan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent аxborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali 2-bosqich talabasi Jangabaev Raxat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasida "Donor" yo‘nalishi bo‘yicha "Yil Volontyori" Respublika g‘olibi bo‘ldi. Jangabaev Raxat, 2 yil ichida 34 marta Qon topshirgan.

🔷Barchadan Raxat kabi O‘zgalar joni va sog‘lig‘i uchun o‘z sog‘lig‘idan kechib bo‘lsa ham asrab qolishdek haqiqiy insonparvarlik tuyg‘usini shakllantirishni so‘rab qolamiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Nukus_filial
#Yil_volontyori
#Zo'r_Tv

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali talabasi Jangabaev Raxat III-Respublika volontyorlar forumida g'olib bo'ldi.

ZO'R tv kanalidan video lavha