TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.3K photos
1.95K videos
251 files
4.14K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#ishchi_guruh #jarayon

Joriy yilning 23-yanvar kuni Prezidentimiz oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishib, 2025-yil tizimda amalga oshiriladigan ishlarni belgilab bergan edilar.

✍️ Mazkur topshiriqlar yuzasidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2025-yilda amalga oshiriladigan istiqbolli chora-tadbirlarni belgilash, Universitetni kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirigi mutasaddi rahbarlari bilan birgalikda ishlar amalga oshirilmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olimpiada #Fizika

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Televizion texnologiyalari fakulteti mas’ullari va Fizika kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarning vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida, Fizika fanidan talabalar uchun Fan olimpiadasi o’tkazildi.

🏆 Olimpiada natijasiga ko‘ra quyidagi talabalar faxrli o‘rinlarni egallashdi:
🥇-o‘rinni Dasturiy injiniring fakulteti talabasi Oralov Fayzulla Hayrulla o‘g‘li;
🥈-o‘rinni Kiberxavfsizlik fakulteti talabasi Rashidov Akbar Akmal o‘g‘li;
🥉-o‘rinni esa Dasturiy injiniring fakulteti talabasi Muhammad Rohail Saeed hamda Kompyuter injiniring fakulteti talabasi Mehmonaliyev Muhammadaziz Burhonjon o‘g‘li egalladilar;

🎁 G'olib bo'lgan talabalar diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tafakkur #no_cheating

☝️Bilim olish azobi — vaqtincha, bilimsizlik azobi — umrbod.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangilik #Uzbekkosmos #KIF

🚀 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “O’zbekkosmos” Agentligi bilan hamkorlikda "Kompyuter injiniringi" hamda "Mexatronika va robototexnika" yo'nalishining kosmos, geoaxborot texnologiyalari va robototexnika sohalariga qiziquvchi talabalari bilan “CanSat” loyihasidagi mini sun’iy yo‘ldoshni ishlab chiqish jarayonlari yakunlanib, test rejimida uchirishga tayyorgarlik ko'rilmoqda.

👩‍🚀 Shu munosabat bilan mazkur loyihaning Respublika tanloviga tayyorgarlik ko'rish va "CanSat" modullarini sinovdan o‘tkazish va uchirish uchun tashkil etilayotgan do'stona musobaqada qatnashish maqsadida barchangizni aerodromga taklif etamiz! 🚀

🗓 Sana: 2025-yil 1-fevral
Vaqt: 10:00
📍 Joy: “Yangi Hayot” uchish zonasi
https://maps.google.com/maps?q=41.102474,69.242633&ll=41.102474,69.242633&z=16

🛰 Ilk bor talabalar uchun “CanSat” tipidagi mini sun’iy yo‘ldoshni haqiqiy sinovdan o‘tkazish imkoniyati yaratilmoqda! Barchangizni kutib qolamiz.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qiziqarli

Mashinalar qo'zg'olonining boshlanishi...


Xitoyda robokuchuk va dron o'rtasida otishma uyushtirildi...

Robotlar egasining so'zlariga qaraganda, u - kim pirotexnika zarbasidan omon qolishi mumkinligini aniqlamoqchi bo'lgan.

✍️✍️✍️

В Китае устроили перестрелку.
.. робопса и дрона, которые стреляли друг по другу фейерверками.

Хозяин устроил своим «питомцам» испытание — кто сможет пережить залп пиротехники.

Восстание машин, начало.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#UZB24 #TATU #TAHLILNOMA

💻 “Tarmoq – Korxona – Oliygoh” integratsiyasini mustahkamlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 15 ta zamonaviy laboratoriyalar kompleksidan iborat Oliy muhandislik maktabi tashkil etilgan. Ushbu maktab mahalliy va xorijiy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yetakchi korxonalar bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Mazkur tashabbus ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, malakali kadrlarni tayyorlash va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

📺 Shu haqida O‘zbekiston 24 telekanalining “Tahlilnoma” informatsion dasturi orqali rus va o'zbek tillarida maxsus reportaj tayyorlanib, efirga uzatildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hakaton #OpenDataChallenge

Joriy yilning 24-26-yanvar kunlari “Yangi Oʻzbekiston” universitetida IT Park tomonidan YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida, Statistika agentligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi koʻmagida “Open Data Challenge” hakatoni boʻlib oʻtdi.

🤔 Hakatonda “Dasturiy injiniring” fakulteti talabasi Mexriddinov Muhammadali Ortiq o‘g‘li “Kidney Guard” loyihasi bilan faol ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlandi.

Jamoalarning har biri Davlat sektori, Ijtimoiy sektor, Biznes sektor, Korrupsiyaga qarshi kurashish sektori yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z loyihasi ustida ish olib borishdi.

🧠 “Open Data Challenge” – bu ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqishga bagʻishlangan yillik tanlov. Hakaton fuqarolarning ochiq ma’lumotlardan foydalanishga boʻlgan qiziqishini oshirish va rivojlantirishga qaratilgan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
⚡️Hurmatli Davlat feldyegerlik xizmati xodimlari!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat feldyegerlik xizmati tashkil etilganligining 33-yilligi munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz!

1992-yil 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, Davlat feldyegerlik xizmati tashkil etilgan va shundan beri mamlakatimizdagi muhim vazifalarni bajarishda beqiyos hissa qo‘shib kelmoqda.

Hozirgi zamon texnika va texnologiyalari qanchalik rivojlangan bo‘lmasin, Davlat feldyegerlik xizmati o‘zining ishonchliligi va muhim ahamiyati bilan hali ham mamlakatimiz aloqa tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib qolmoqda.

Hurmatli xizmat xodimlari, sizlarning fidoyi mehnatingiz, mas’uliyatingiz va kasbga sadoqatingiz barchamiz uchun o‘rnakdir. Davlatimiz kelajagi va rivoji yo‘lida olib borayotgan mashaqqatli xizmatlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy farovonlik va yangi yutuqlar tilaymiz!

Davlat feldyegerlik xizmati tashkil topgan kun muborak bo‘lsin!

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat, tanlov!
Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markaziga stajyorlikka qabul e’lon qiladi!

🖥 4 ta yo‘nalish bo‘yicha guruh shakllantirilmoqda:
🗣Veb dasturchilar – Frontend, Backend, Fullstack
🗣Mobil ilova dasturchilari – Android/iOS yoki krossplatform (Flutter, React Native)
🗣Sun’iy intellekt – AI dasturchilar, Data Scientist, ML mutaxassislari
🗣Veb dizaynerlar – UI/UX, veb-dizayn, prototiplash

Tanlov shartlari:
O‘z sohasida yetarli bilimga ega bo‘lish;
Jamoada ishlash qobiliyati;
Kuchli qiziqish va tez o‘rganish qobiliyati.

Nimalar taklif qilinadi?
Real loyihalar: HEMIS, kontrakt, diplom va boshqa millionlab foydalanuvchilarga ega ta’lim tizimlari bilan ishlash;
Shaxsiy portfel (portfolio) shakllantirish imkoniyati;
Bilim va amaliy tajriba orttirish.

🔗 Ariza topshirish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM