#ERASMUS #Litva
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 7 ta oliy ta’lim muassasalari jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ishtirokida Yevropaning ERASMUS+ “New master’s degree and training course programs in the field of medical engineering in Uzbekistan 101082221 – UzMedEn” loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.
💻 Mazkur loyiha doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya Litvaning yetakchi (QS reytingida TOP 851da qayd etilgan) Vilnius texnika universiteti (Vilnius Gediminas Technical University)da talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. Bunda universitetning Sun’iy intellekt, Robototexnika hamda yuqori texnologiyalar laboratoriyalariga tashrif buyurib, ularda amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar, jumladan, “Information and information technologies security”, ”Smart signal processing and telecommunication technologies”, “Geoinformation technologies” sohasida yaratilgan yangi ishlanmalar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.
🗒 Ma’lumot uchun: Vilnyus Gediminas texnik universiteti (VILNIUS TECH) Litvaning yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan xalqaro QS va THE reytinglarida TOP 851-o‘rinlarda qayd etilgan innovatsion universitetidir. Universitet texnologik fanlar sohasida yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, u o‘z ichiga 13 ta institut, 3 ta ilmiy tadqiqot markazi, 22 ta tadqiqot laboratoriyalarni oladi.
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litva #hamkorlik
🇱🇹 Avval xabar berganimizdek, Litvaning yetakchi Vilnyus Gediminas texnika universiteti (VILNIUS TECH)da tashkil etilgan ERASMUS+ “New master’s degree and training course programs in the field of medical engineering in Uzbekistan 101082221 – UzMedEn” loyihasi doirasidagi treninglarida universitetimiz vakillari faol ishtirok etmoqda.
🌀 Loyiha rejasiga muvofiq, delegatsiya a’zolari joriy yilning 2-oktyabr kuni Vilnius texnika universitetining soha korxonalar bilan integratsiya (Industry-Academy Cooperation) jarayonlari bilan tanishish, shuningdek fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Litvaning “Moog – Medical Devices Manufacturing” kompaniyasi hamda “Vilnius University Hospital” ko‘p tarmoqli shifoxonasiga tashrif buyurdi.
🗒 Ma’lumot uchun: Viltechmeda 1993-yilda tashkil etilgan ilg'or tibbiy texnologiyalar kompaniyasi hisoblanib, 2008-yildan beri xalqaro Moog guruhiga tegishli. Mazkur kompaniya yuqori texnologik tibbiy qurilmalar ishlab chiqarish, shuningdek, anesteziya, neonatologiya, infuzion nasoslarga texnik xizmat ko'rsatish bilan shug‘ullanadi.
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM