#tashrif
✅️ Kuni kecha, 17-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Xitoyning yetakchi hamkor Xi'an Jiaotong universiteti prezidenti Zhang Liqun boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
💬 Uchrashuvda Xi'an Jiaotong universiteti va Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti oʻrtasida imzolangan Hamkorlik yo'l xaritasida belgilangan akademik va ilmiy almashinuvlar, qoʻshma taʼlim dasturlarini yo’lga qo’yish, qo'shma IT kurslarini tashkil qilish masalalari ikki universitet rahbarlari tomonidan muhokama qilindi.
🗒 Ma’lumot uchun: Xi'an Jiaotong universiteti va TATU o'rtasida yaqindan hamkorlik aloqalari o'rnatilgan bo'lib, Xitoy delegatsiyasi "ICTWEEK Uzbekistan 2024" haftaligida ham ishtirok etdi.
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Latviya #tashrif
🇱🇻 Bugun, 19-sentyabr kuni Latviyaning yetakchi Oliy ta'lim muassasi hisoblangan Riga texnika universiteti, IT ta'lim kurslarini taklif qiluvchi Baltijas Datoru Akadēmija (BDA) kompaniyasi va iqtidorli yoshlarni ish bilan ta'minlovchi Talzy kompaniyasi delegatsiyasi Latviyaning O'zbekistondagi elchixonasi vakili Jelena Puncule boshchiligida TATUga tashrif uyushtirildi.
👥 Tashrifdan maqsad TATU hamda Latviya OTM va kompaniyalari o'rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat bo'ldi. Barcha tomonlar o'z taqdimotlarini namoyish etgan holda, tashkilotlar o'rtasida mos yo'nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
✅ Riga texnika universiteti bilan amalga oshiriliyotgan UzMedEn ERASMUS+ loyihasi doirasida rejalashtirilgan oktyabr oyidagi uchrashuvda Riga texnika universiteti Fan va innovatsiyalar markazi, TATU Ilmiy tadqiqot va texnologiyalar transferi markazi o'rtasida aloqalar o’rnatishga kelishib olindi.
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM